O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
“Spot” iyul oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Xorijda ta’lim: Xitoyning Jiangsu universiteti magistranti Odina Marufjonova hikoyasi
U “Spot” bilan suhbatda Xitoy grantini qanday qo‘lga kiritgani, o‘qish jarayoni, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, mamlakat madaniyati va ta’lim tizimi haqida so‘zlab berdi.
Qo‘llanma: kompaniyaning boshlang‘ich kapitalini qanday hisoblash kerak?
Yevgeniya Son faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar bilan ishlash davomida to‘plagan tajribasi asosida boshlang‘ich kapitalni hisoblashning besh bosqichi haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashadi. Maqola oxirida xarajatlardan iborat jadval misol tariqasida keltirilgan.
Tahrirchi: talabalikda yaralgan g‘oya qanday qilib Microsoft bilan integratsiyalangan startapga aylandi
Loyiha asoschisi Muhammadsaid Mamasaidov “mGovAward” tanlovidagi g‘oliblik, Microsoft bilan ishlash tajribasi, monetizatsiya yo‘llari, o‘zbek tilida matn yaratish xizmatini ishga tushirish rejalari haqida so‘zlab berdi.
IT bo‘yicha 5 ta kitob: MySQL
Ushbu to‘plam MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Qatar Airways Doxadan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Hozirda aviakompaniya aviaqatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan. - Telegram Stories funksiyasini ishga tushiradi.
Messenejer asoschisi Pavel Durovninng ma’lum qilishicha, yangi funksiya so‘nggi sinov bosqichida va iyul oyi boshida ishga tushiriladi. - Costa Coffee qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda.
Hozirda tarmoq brendi ostida dunyoning 44 davlatida 4 mingdan ortiq qahvaxonalar faoliyat yuritmoqda. - Tadbirkor ayollar uchun raqamli hamjamiyat platformasi ishga tushirildi.
Mazkur platforma Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlaridagi tadbirkor ayollar uchun mo‘ljallab yaratilgan. - OTMga hujjatlarni qanday onlayn topshirish mumkin? Qo‘llanma.
Xizmatdan Yagona portal hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi sayti orqali foydalanish mumkin. - Yil boshidan O‘zbekistonda elektromobillar importi qariyb to‘rt barobarga oshgan.
Mamlakatga eng ko‘p elektromobil importi Xitoydan amalga oshirilgan. Mamlakatdan bu davrda jami 3 480 ta elektromobil olib kelingan. - UzAuto Motors Asakadagi ishlab chiqarish liniyalari ishini vaqtincha to‘xtatadi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash hamda konveyerlarning ishdan chiqishini oldini olish maqsadida korxonada texnik ishlar olib borilishi natijasida amalga oshiriladi. - Prezident bir qator yoshlarni Kelajak bunyodkori medali bilan taqdirladi.
Ular orasida davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, xususiy tadbirkorlar ham bor. - O‘zbekiston Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlarini to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkazadi.
Bu ikki davlat o‘rtasida xalqaro yuk tashuvlari rasmiylashtiruvini sezilarli darajada soddalashtirish va tezlashtirish imkonini beradi. - Silk Avia oʻzining oʻquv markazini tashkil etadi.
Bu boʻyicha aviakompaniya franuz-italyan ATR konserni bilan kelishuvga erishdi.