Prezidentning “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Xususan, farmonga ko‘ra, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 38 nafar yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Ular orasida davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, xususiy tadbirkorlar ham bor.

Quyida ular ro‘yxati bilan tanishish mumkin:

  • Niyazimbetov Sherzod Kadirberdiyevich — Nukus tumanidagi “Biogumus” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Yusupova Chinora Anvar qizi — Vobkent tumanidagi “Chinar Mushroom tomorqa xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati;
  • Ravshanova Gulhayo Azamatovna — Navoiy viloyati “Ziyokor” ayollar va yoshlar markazi rahbari;
  • Raxmonov Suxrob Yusupovich — Navoiy shahridagi “Bur Kompressor Navoiy” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati;
  • Rafikov Jaxongir Raximjonovich — Namangan shahridagi “Effortless Education Service” nodavlat ta’lim muassasasining “Start-21” o‘quv markazi rahbari, Namangan viloyati;
  • Toshbekov Jo‘rabek Abdumalik o‘g‘li — Sirdaryo tumanidagi “Software-Developers-Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati;
  • Abdumalikov Umidjon Abdumalik o‘g‘li — Termiz tumanidagi “Surxon Termiz Umid” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Ochildiyeva Dilnoza O‘tkir qizi — Qiziriq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizi — Parkent tumanidagi “Kumushkon” kutubxonasi rahbari, Toshkent viloyati;
  • Ibroximov Jaxongirmirzo Ulug‘bek o‘g‘li — Marg‘ilon shahridagi “Muhandisona” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati;
  • Qalandarov Shohruhbek Mirzabek o‘g‘li — Xonqa tumanidagi “Xonqa chorva kapital” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati;
  • Umirzakov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li — Yunusobod tumanidagi “Tass Vision” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri.

Taqdirlanganlar ro‘yxati bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.