2026-yil 11-noyabr kuni O‘zbekistonda 256,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Bu o‘tgan yilning shu kuniga nisbatan 2,3 mln kVt·soat yoki 0,9% ga ko‘p. 2025-yil 11-noyabrda mamlakatda 254,2 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari (IES) hissasiga to‘g‘ri keldi. Ularda bir kunda 217,1 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu kunidagi 221,4 mln kVt·soatga nisbatan 1,9% ga kam.

Gidroelektr stansiyalarda (GES) ishlab chiqarish hajmi 19 mln kVt·soatni tashkil etdi. Bu 2025-yilning shu kunidagi 13,5 mln kVt·soatga nisbatan 40,7% ga ko‘p.

Quyosh elektr stansiyalarida 10,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilgi 15,2 mln kVt·soatga nisbatan 28,3% ga kam.

Shamol elektr stansiyalarida esa ishlab chiqarish hajmi sezilarli oshdi. 11-noyabr kuni ushbu stansiyalar 6,3 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berdi. Bu 2025-yilning shu kunidagi 1,2 mln kVt·soatga nisbatan 425% ga ko‘p.

Blok stansiyalarda ishlab chiqarish 3,1 mln kVt·soatni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu kunidagi 2,7 mln kVt·soatga nisbatan 14,8% ga ko‘p.

Kichik quvvatli quyosh panellari orqali esa 0,1 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2025-yil 11-noyabrdagi 0,2 mln kVt·soatga nisbatan 50% ga kam.

10-noyabr kuni O‘zbekistonda 249,2 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish yillik hisobda 2,5% ga kamayib, shu kuni iste’mol ham o‘tgan yilga nisbatan 8,5% ga qisqardi.


Avvalroq Energetika vazirligi elektr energiyasi ishlab chiqarish statistikasidagi tafovutlarni tushuntirgandi.