“Costa Coffee” qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda kompaniyaning mahalliy bo‘linmasining “Telegram” kanalida xabar berildi.

Tarmoq “Telegram"da 19-iyun kuni kanal ochgan va yaqin orada ochilishi haqidagi birinchi postini e’lon qilgan. 26-iyun kuni kompaniya Instagram profilini ham ishga tushirdi.

“Costa"ning tarixi 1971-yilda, aka-uka Bruno va Serjio Londonda birinchi qahvaxona ochgan paytdan boshlangan. 1978-yilda kompaniya kengayishni boshladi va uch yildan so’ng Britaniya poytaxtida Kosta brendi ostidagi birinchi qahvaxona ish boshladi.

Osha davrdan beri qahvaxonalar tarmogining soni dunyoning o‘nlab mamlakatlarida ko‘payib, tashrif buyuruvchilarni o‘z qahvasi bilan xursand qilib kelmoqda.

Hozirda “Costa Coffee” tarmog’i 44 mamlakatda 4 mingdan ortiq joylarga ega, ularning aksariyati franchayzing hisoblanadi.

Kompaniya, shuningdek, qahva donalari va boshqa ingrediyentlarni bepul etkazib beradigan “Costa Express” qahva mashinalarini o‘rnatishni taklif qiladi.


Avvalroq “Spot” “Subway” tez ovqatlanish restoranlari tarmogʻi Toshkentda restoran ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, restoran yangi qurilayotgan “Tashkent City Mall” savdo-koʻngilochar markazida joylashadi.

Bu boʻyicha “Tashkent City Mall"da Saudiyaning “Cenomi Retail” kompaniyasi vakillari uchrashuv boʻlib o‘tdi.

Subway” — bu franshiza tamoyili asosida ishlaydigan tez ovqatlanish restoranlari tarmogʻi. 2017-yil holatiga koʻra, u 110 mamlakatda 44 mingdan ortiq restoranni oʻz ichiga olgan.

Asosiy sotiladigan mahsulotlari — submarin-sendvichlaridir. Bu miijozning oldida tayyorlanadigan choʻzilgan sendvichlar. Tarmoqning xususiyatlaridan biri — mijoz ingredientlarni tanlaydi, oshpaz ulardan sendvich yigʻadi.

Shuningdek, “Cenomi Retail” kompaniyasi vakillari savdo markazida “Cinnabon” kafe-nonvoyxonasi uchun joyni koʻzdan kechirdi.

Fevral oyi boshida “Cinnabon” O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Cenomi Retail” — sobiq “Alhokair Fashion Retail” chakana savdo kompaniyasi. 1990-yilda asos solingan. Hozirda kompaniya 13 mamlakatdagi 100 ta savdo markazlarida 1842 ta doʻkonga egalik qiladi.

Avvalroq Rossiyaning “Vkusno — i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi.

Keyinchalik mazkur fastfud restoranlari tarmog‘i tovar belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Shuningdek, Fransiyaning “Groupe Casino” kompaniyasi O‘zbekistonda do‘konlar ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Kompaniya giper, super va mini-marketlar, chegirmali hamda ulgurji do‘konlar tarmog‘iga egalik qiladi.