“Silk Avia” aviakompaniyasi oʻzining oʻquv markazini yaratadi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi “Silk Avia” va ATR konserni Parij-Le-Burje xalqaro aviakosmik ko‘rgazma doirasida bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Xususan, kompaniyalar O‘zbekistonda o‘quv markazini tashkil etish va ATR samolyotlariga asosiy texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasini o‘rganishga kirishdilar.

Tomonlar, shuningdek, “Silk Avia” parkini yana uchta ATR72−600 va ikkita kichikroq (50 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan) ATR42−600 samolyotlari bilan toʻldirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, Parij aviako‘rgazmasi doirasida aviakompaniya “Nordic Aviation Capital” (Irlandiya) lizing kompaniyasi bilan ikkita ATR72−600 samolyotini operativ lizingga olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Samolyotlar Toshkentga Tuluzadagi (Fransiya) ATR zavodidan 2023-yilning oktyabr va noyabr oylarida yetib kelishi kutilmoqda.

“Silk Avia” 25-aprel kuni O‘zbekiston shaharlariga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan va birinchi oyda 12 mingga yaqin yo‘lovchini tashigan edi. Hozirda aviakompaniya uchta ATR72−600 samolyotidan foydalanmoqda.


Avvalroq “Spot” “Silk Avia” aviakompaniyasi o‘zining mobil ilovasini ishga tushirgani haqida yozgandi.

U orqali chiptalarni sotib olish, onlayn ro‘yxatdan o‘tish va parvoz holatini kuzatish mumkin