Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil iyul oyi bo‘yicha
Mavjud 34 ta bankdan 26 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 25%ni tashkil qilmoqda.
Kasb-hunar maktablariga arizalarni qanday onlayn jo‘natish mumkin? Qo‘llanma
Xizmatdan joriy yilgi 9-sinf bitiruvchilari foydalanishlari mumkin. Arizalar kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha qabul qilinadi hamda grant asosida o‘qish mumkin.
Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil iyul oyi bo‘yicha
Mavjud 34 ta bankdan 22 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 8%ni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonda Java dasturchisi qancha pul topadi va qanday yashaydi?
Spot turli kasb egalari moliyani boshqarish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadigan maqolalar turkumini davom ettiradi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Rossiyaning Litres kitob servisi O‘zbekistonda faoliyatini boshladi.
Yil oxirigacha o‘zbek tilidagi katalogga 4 mingta elektron va audio kitoblarni olib kirish rejalashtirilgan. Hozir 1500 ga yaqin nomdagi kitoblar mavjud. - Rossiyada may oyida piyoz narxi rekord darajada qimmatladi.
Bunga anomal sovuq tufayli Markaziy va O‘rta Osiyo mamlakatlaridan yetkazib berishning kamaygani, mahalliy mahsulotlar zaxirasi tugagani sabab bo‘lgan. - Lavozimidan ozod etilgan hokimlar va kompaniyalar rahbarlari — prezident nimalarni belgilab berdi?
“Spot” investitsiyalar jalb qilishni kengaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida bildirilgan muhim topshiriq va vazifalarni bir joyga jamladi. - O‘zbekiston piyoz eksportida rekord o‘rnatdi.
O‘tgan uch yarim oy mobaynida mamlakatdan xorijga 222,8 ming tonna piyoz eksport qilinib, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53%ga oshgan. - 12-iyuldan Uzbekistan GTL dizel yoqilg‘isining ulgurji narxini pasaytirdi.
Avvalroq narxlar joriy yilning aprel oyida arzonlashtirilgandi. Shu bilan birjada 1 tonna dizelning boshlang‘ich narxi 9,5 mln so‘mdan sotiladi. - Iyun oyida avtomobil bozorida talab kamaydi. Biroq elektromobillar savdosida o‘sish bor.
Xususan, bir oyda jami 2,1 mingta yengil elektromobil sotilgan bo‘lib, shundan 1,6 mingtasi poytaxtliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. - Olti oyda xorijiy davlatlarga ishga joylashtirilgan o‘zbekistonliklar soni 21 500 dan oshdi.
Shuningdek, xorijiy ish beruvchilardan fuqarolarning $516 ming miqdordagi ish haqlari undirib berilgan. - O‘zbekistonda dronlardan foydalanish bo‘yicha yangi qoida joriy qilindi.
Unga ko‘ra, dronlar parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatorida ushbu apparatni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qo‘llanma bo‘lishi shart. - UzAuto Motorsning Asakadagi zavodi 17-iyuldan to‘liq ishga tushadi.
Qayd etilishicha, modernizatsiyadan keyin zavodda qo‘shimcha 30 mingta Cobalt ishlab chiqarilishi mumkin. - Zero Risk: dastur ishtirokchilarga qanday imtiyozlarni taqdim etadi va shartlari qanday?
Dastur IT va BPO kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, unda IT Park rezidentlari ishtirok etishi mumkin.