26-iyul kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Iyun oyida kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Natijada poyaxt tumanlarining ayrim hududlarida vaqtinchalik elektr ta’minoti bo‘lmaydi. Xususan, 26-iyul kuni ham quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Uchtepa tumani: “Diydor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Paxta” hamda “Gulsaroy” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Olmazor tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tuman podstansiya DOKda profilaktika ishlari olib borilishi sababli 7 ta mahallada ham elektr ta’minoti o‘chiriladi.

Xususan, 12:30—13:30va 15:00—16:00 vaqtlari oralig‘ida tumanning “Moyariq”, “Chuqursoy”, “Gulzor”, “Ibrohim ota”, “Ahil”, “Qorasaroy” hamda “Miskin” mahallalarida elektr bo‘lmaydi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.

Avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirgandi.