27-iyul kuni Olmazor tumanining ayrim mahallalarida vaqtincha gaz ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, tumanning “Taraqqiyot”, “Qorasaroy” hamda “Qoraqamish” 1/1, ½, 1/3 mahallalarida iste’molchilarning gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha to‘xtatiladi.

“Olmazortumangaz” GTBi tomonidan “Usta Shirin” ko‘chasidagi D-57mm tik quvurini yer osti o‘rta bosimli gaz quvuridan uzish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tuman hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ramoqda.

Bundan oldin, 25-iyul kuni tumanning ayrim mahallalarida gaz ta’minoti o‘chirilgandi.

Avvalroq Olmazor tumanining Ibrohim ota hududidagi 110/35/6nim stansiyasi elektr ta’minotida texnik tadbirlar olib borilishi sabab 5 ta mahalla elektr energiyasidan o‘chirilishi ma’lum qilingandi.

Xususan, 27-iyul kuni soat 04:00 dan 17:00 gacha tumanning “Gulzor”, “Ibrohim ota”, “Ahil”, “Moyariq” va “Gulsaroy” mahallalarida elektr bo‘lmaydi.