27-iyul kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qariyb ikki oydan buyon kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Natijada poyaxt tumanlarining ayrim hududlarida vaqtinchalik elektr ta’minoti vaqtinchalik uzilishlar bo‘lmoqda. Xususan, 27-iyul kuni ham quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yakkasaroy tumani: “Konstitutsiya” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
  • Sergeli tumani: “Eski jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Olmazor tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ibrohim ota hududidagi 110/35/6nim stansiyasi elektr ta’minotida texnik tadbirlar olib borilishi sabab 5 ta mahalla elektr energiyasidan o‘chiriladi.

Xususan, 27-iyul kuni soat 04:00 dan 17:00 gacha tumanning “Gulzor”, “Ibrohim ota”, “Ahil”, “Moyariq” va “Gulsaroy” mahallalarida elektr bo‘lmaydi.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

26-iyul kuni Olmazor tumanining ayrim mahallalarida elektr ta’minoti o‘chirilgandi.

Bundan tashqari, Toshkentning yettita tumanidagi ayrim hududlarda elektrga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilgandi.