Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari

Mazkur ipoteka kreditini olishdagi fuqaro o‘zini-o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

hafta yakuni, week summary


Xorijda ta’lim: AQShning Jorj Vashington universiteti magistranti Amira Askarova hikoyasi

Amira Jorj Vashington universiteti granti va El-yurt umidi jamg‘armasi stipendiyasini qanday qo‘lga kiritgani, AQSh ta’lim tizimi haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


Qo‘llanma: Dubayda qayerlarga borish va nimalarni ko‘rish mumkin?

Spot jurnalisti 5 kun Dubayda bo‘lib, qaysi mehmonxonada qolish, qayerlarga borish va bu qanchaga tushishi mumkinligi, shuningdek, nima uchun bolalar bilan sayohat qilish afzalroq ekanligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


O‘zbekistonda franchayzing: franshizani qanday to‘g‘ri tanlash va nimalarga e’tibor berish kerak?

Spot Aleksandr Lukyanov bilan maqolalar turkumini davom ettiradi. Bu safar mutaxassis franshizani qanday qilib to‘g‘ri tanlash, qanday ko‘rsatkichlarni baholash va nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


Banklardagi mikroqarzlar: 2023-yil avgust oyi bo‘yicha

Mikrokreditni 23 ta bankda olish mumkin bo‘lib, 10 mldan 50 mln so‘mgacha berilishi mumkin.

hafta yakuni, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni yo‘lga qo‘ydi
    Ushbu viza bilan yil davomida Umra hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish mumkin boʻlib, amal qilish muddati 90 kunni tashkil qiladi.
  2. Ra’no Jo‘rayeva Uzbekistan Airports rahbarligini tark etdi.
    Uning o‘rniga Javlonbek Umarxo‘jayev “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
  3. Yandex Eats xizmati Samarqandda ham ishga tushirildi.
    Xizmat orqali 50 ta restorandan ovqatga buyurtma berish mumkin bo‘lib, dastlabki kunlarda yetkazib berish bepul.
  4. Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegishli uylar musodara qilindi.
    Britaniya Oliy sudi Firibgarlikka qarshi kurash byurosining Karimovaga tegishli 20 mln funt sterlingdan ortiq mulklarni musodara qilish bo‘yicha da’vosini qanoatlantirgan.
  5. Qoraqalpog‘istonda yuqori. Joriy yilda O‘zbekistondan ko‘chib ketgan aholi soni ma’lum qilindi.
    Xorijga ko‘chib ketganlarning davlatlar bo‘yicha asosiy qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinda Rossiya turibdi.
  6. Alibaba Namanganda mintaqaviy markazini ochadi.
    Mintaqaviy markaz faoliyati IT Park Namangan filialida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
  7. Uzbekistan Airways barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foiz chegirma e’lon qildi.
    Chegirma joriy yilning 1-sentabridan 3-sentabrigacha amal qiladi.
  8. Apple’ning yillik taqdimoti tahminiy sanasi ma’lum qilindi.
    12-sentabr kuni Apple iPhone 15, 15 Plus, 15 Pro va 15 Pro Max kabi to‘rtta smartfon, shuningdek Watch Series 9 va yangi Watch Ultra’ni taqdim etishi kutilmoqda.
  9. Instagram begonalardan keladigan xabarlarga cheklovlar o‘rnatdi.
    Endi kuzatuvchi bo‘lmaganlarga cheksiz xabarlar yoki rasm va videolar yuborish o‘rniga, ularga faqat bitta xabar yuborish mumkin.
  10. Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi.
    Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.