Hukumat qarori bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida YaTTlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda ariza beruvchilar xohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini uyushmaga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

Bunda, hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdadi tadbirkorlar mazkur imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, ariza beruvchilarning uyushmaga a’zo bo‘lish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo‘lga ko‘yiladi.

Joriy yil boshida 2023-yilda hunarmandchilik loyihalariga 580,7 mlrd so‘m yo‘naltirilishi, natijada, jami 12 565ta hunarmandchilik loyihalari amalga oshirilishi belgilangandi.

Avvalroq “Spot” auditor Yevgeniya Son bilan O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor qanday soliqlarni to‘lashi haqida maqolani taqdim etgandi.