13-noyabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Bektemir tumani — “Gulbog‘” va “Iyik ota” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha;
- Chilonzor tumani — “Navbahor” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Elektr tarmoqlarini qish mavsumiga tayyorlash bir necha oydan buyon davom etmoqda. Yoz boshida poytaxtda mavsumdagi eng yirik elektr o‘chirilishi sodir bo‘ldi: 8-iyun kuni sakkizta tumanda elektr energiyasi uzildi.
Avgust oyi boshida Energetika vazirligi energiya yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar bo‘yicha munosabat bildirdi. Kuchli issiq harorat elektr energiyasidan fodalanishning karrasiga oshishiga olib kelgani ta’kidlandi. Undan keyin, davlat rahbari kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun favqulodda rejimga o‘tishni ma’lum qildi.
Joriy yilning 28-sentabrdagi energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingandi. 2026-yilga borib, elektr energiyasi talab va taklif asosida shakllanadigan erkin, ulgurji bozor ishga tushadi.
Noyabr oyi boshida davlat rahbari energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar bergandi. Xususan, ikki hafta muddatda qozonxonalar va isitish tarmoqlarini ta’mirlash ishlarini yakunlash topshirildi.