Gazlangan ichimliklarga aksiz solig‘i: shakarga qarshi kurashmi yoki yashirin import uchun “yashil chiroq"mi?

2024-yilda energetik ichimliklarga aksiz solig‘ini belgilash taklif etilmoqda. Mutaxassis bu qaror qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tushuntiradi.

hafta yakuni


Jahongir Umarovning ryukzagida nima bor?

Tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan loyihani davom ettiramiz. Bu safargi materialda “B&B Coffee House” qahvaxonalari tarmog‘i asoschisi Jahongir Umarov bilan suhbatlashdik.



Qanday qilib kontrakt pulini onlayn to‘lash mumkin? Qo‘llanma

To‘lovlarni Yagona portal, PayMe to‘lov tizimi hamda Zoomrad mobil ilovasi orqali komissiyasiz amalga oshirish mumkin.

hafta yakuni


Tahlil: nega O‘zbekistonda issiqxona biznesi zarar ko‘rmoqda?

Bunga issiqxonalarning tabiiy gazdan foydalanishini taqiqlash, bozorda raqobat kuchaygani va issiqxona mahsulotlarining eksport hajmi kamaygani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Kelasi yildan o‘zbekistonliklarning haydovchilik guvohnomasi BAAda ham tan olinadi.
    Shuningdek, amirlikda uzoq muddat yashash huquqini olgan milliy haydovchilik guvohnomasiga ega fuqarolar BAA haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida nazariy va amaliy sinovlarni topshirishdan ozod etiladi.
  2. Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylandi.
    “Bloomberg” talqini bo‘yicha Mask $222 mlrd boylik bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.
  3. UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
    Kompaniya mazkur avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini yangi modellarga yo‘naltiradi.
  4. Uzbekistan Airways talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi.
    Undan joriy yilning 23-dekabridan kelasi yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin.
  5. O‘zbekiston oktabr oyida dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi.
    Qimmatbaho metalni sotish hajmi 11 tonnani tashkil etib, Qozog‘istondagidan besh barobar yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
  6. Amerikaning Papa John’s pitseriya tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
    Kompaniyaning Toshkent shahrida oltita filiali ochiladi, hozirda ularga ishga qabul qilish ishlari olib borilmoqda.
  7. Yandex Go haydovchilardan olinadigan komissiyani oshirdi.
    Bir qancha taksoparklar mahalliylashtirishdan so‘ng agregatorning haydovchilardan olinadigan komissiyasi 13% dan 14,6%gacha oshganini tasdiqladi.
  8. Microsoft ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun ilova ishga tushirdi.
    Qayd etilishicha, ilova obyektlarni skanerlagandan keyin ma’lumotlarni audio sifatida taqdim qiladi.
  9. Google Gemini sun’iy intellekt modelini taqdim etdi.
    U multimodal sun’iy intellekt modeli bo‘lib, matn, tasvir, video, audio va kodlarni tahlil qila oladi hamda qayta ishlaydi.
  10. O‘zbekistonning barcha hududidagi metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritildi.
    Vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida mamlakatning barcha hududida kiritilib, AGTKShlar soat 06:00dan 15:00gacha ishlaydi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Amity universitetida Graduation Ceremony: Class of 2023 bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Bitiruv marosimida 170 ga yaqin talabalarga bakalavr darajasi diplomi tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilarning 70% dan ortig‘i ish bilan ta’minlangan bo‘lib, aksariyati Huawei, UzCard, UzAuto va boshqa kompaniyalarida ishlamoqda.

Europcar O‘zbekiston bozoriga kirdi

Toshkentda boshqaruv kompaniyasi hisoblanuvchi — A GROUP xoldingi bilan hamkorlikda Europcar xalqaro avtomobil ijarasi tarmog‘ining birinchi ofisi ochildi.

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

Aksiya 29-noyabrdan 24-yanvargacha o‘tkaziladi. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilar har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yangi yil munosabati bilan Bobur Residence aksiya e’lon qildi

31-dekabrgacha turar-joy majmuasida xonadonlarni 31% gacha chegirma bilan sotib olish mumkin. Shuningdek, xaridorlar uchun foydali foizsiz muddatli to‘lov dasturi ham mavjud.