“Microsoft” Andoird qurilmalaridan foydalanadigan ko‘zi ojiz foydalanuvchilar “Seeing AI” ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda “habr.com” nashri xabar berdi.

Kompaniya mazkur ilovani 2017-yil iyul oyida iOS qurilmalaridan foydalanadiganlar uchun taqdim qilgandi.

U ko‘rish qobiliyati zaif yoki mavjud bo‘lmagan ega bo‘lgan odamlarga iPhone kamerasi yordamida skanerlash orqali o‘z atrofini tanib olishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Kompaniya Android uchun “Seeing AI” versiyasi mavjud bo‘lganini va uni “Google Play” do‘konidan yuklab olish mumkinligini rasman e’lon qildi.

Ilova obyektlarning audio tavsiflarini taqdim etadi. Odamlarning haqiqiyligini tekshirish va ularning yuz ifodalarini sharhlash uchun yuzlarni skanerlashi mumkin.

“Microsoft” Android versiyasi iOS “Seeing AI” ilovasiga qo‘shilgan so‘nggi yangilanishlarni ham olishini aytdi.

Ular fotosuratlarning batafsil tavsiflarini va hujjatlar bilan ishlash imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Shunday qilib, hujjatni skanerdan o‘tkazganingizdan so‘ng, “Seeing AI"dan uning mazmunini umumlashtirish, shuningdek, aniq savollarga javob berishni so‘rash mumkin.

Android va iOS uchun “Seeing AI"dan 18 tilda foydalanish mumkin: ingliz, venger, golland, yunon, daniya, ispan, italyan, koreys, nemis, norveg, polyak, portugal, rus, turk, fin, frantsuz, chex, shved, yapon.

Ta’kidlanishicha, “Microsoft” 2024-yilda tillar sonini 34 tagacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.