Rossiyalik restorator qanday qilib Toshkentda ovqatlanish markazini ochdi va sherigi bilan bir necha million dollar sarmoya kiritdi?

Food Mall Tashkent hammuassisi Maksim Volkov Spot’ga bergan intervyusida obro‘ga katta putur yetkazgan tashrifchilarning kutilmagan oqimi, kengaytirish rejalari, narxlar va bozor haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni


Yil yakunlari: 2023-yilda O‘zbekiston bozoriga qanday xorijiy kompaniyalar kirib keldi

“Spot” yakunlanib borayotgan yilda O‘zbekiston bozoriga kirgan xorijiy kompaniyalar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni


Xorijdagi o‘zimiznikilar: Visa’ga ishga kirgan Izzatulla Toshpulatov hikoyasi

Dasturchi nega oliy ta’limdan ketgani, Polshada bu sohada qancha daromad topishi va O‘zbekistondagi dasturchilik haqidagi fikrlari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni


Yil yakunlari: O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan tavsiya etilgan kitoblar

Ro‘yxatga badiiy adabiyotlar, avtobiografiyalar va shaxsiy o‘sish hamda biznesni rivojlantirishga oid kitoblar kiritilgan.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Mark Sukerberg Gavayida maxfiy yerosti bunkeri qurmoqda.
    Qiymati $270 mlnga baholanayotgan 560 gektar maydondagi majmuada 12 dan ortiq bino va yer osti boshpanasi quriladi.
  2. Noyabr oyida Toshkentda uy-joy narxlari qanday bo‘ldi?.
    O‘tgan oyda poytaxtda ko‘chmas mulk savdosi hajmi qariyb 4%ga oshdi, o‘rtacha ijara narxi esa 2,1%ga pasaydi.
  3. Tashkent City Mall savdo markazining ochilishi kelasi yilning birinchi choragiga qoldirildi.
    Ta’mirlash ishlaridagi kechikishlar sabab, majmuaning tayyorgarlik darajasi 50%dan past.
  4. Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olindi.
    Qayd etilishicha, sobiq vazir iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq ish doirasida tergov qilinmoqda.
  5. Dekabrning birinchi yarmida 73 mlrd so‘mdan ortiq energoresurslar talon-toroj qilindi.
    Nazorat tadbirlarida 411ta iste’molchining elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
  6. Senatorlar 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
    Budjet daromadlari 375 trln so‘m, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida belgilangan. Budjet defitsiti YaIMga nisbatan 4% miqdorida shakllantirildi.
  7. AliExpress Uzcard va Humo kartalari bilan to‘lov qilishni joriy etdi.
    Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonga buyurtmalarni yetkazib berish muddatini 14 kungacha qisqartirdi.
  8. Toyota dunyo bo‘ylab 1 mlndan ortiq avtomobilini qaytarib oladi.
    Avtomobillarning qaytarib olinishiga sensordagi qisqa tutashuv xavfsizlik yostiqchalari mo‘ljallangandek ochilmasligiga olib kelishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
  9. UzAuto Motors savdo tizimida texnik nosozlik yuz berdi.
    Shu sabab, ommabop modellarning e’lon qilingan shartnomalari o‘z vaqtida tiklanmadi.
  10. 2024-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
    Xususan, ish haftasining turidan qat’i nazar Yangi yil bayramida barcha xodimlar ketma-ket to‘rt kun dam oladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

RABAD QSMda muvaffaqiyatli biznes uchun imkoniyatlar

Yangi Toshkent hududida joylashgan RABAD nomli yirik premium qurilish savdo markazi o‘z mijozlari va investorlari uchun noyob imkoniyatlar ro‘yxati bilan o‘rtoqlashdi.

“Click milliard o‘ynamoqda” aksiyasi davom etmoqda

“Click`dan milliard” yutuqli o‘yinining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqich 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va har qaysi ishtirokchi g‘olibga aylanishi mumkin.

Mahsulot va xizmatlar haqidagi sharh evaziga rag‘batlantiriladigan “Sharh” xizmati ishga tushirildi

“Sharh” O‘zbekiston fuqarolariga boshqa foydalanuvchilarning fikriga asoslangan yaxshi kompaniyalar, xizmatlar va hatto yaxshi oshni topishga yordam beradi, shuningdek, sharhlar orqali daromad olish mumkin.