Noyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 4%ga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan 800 ta uy-joyga ko‘proq. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p o‘sish Xorazm (23%), Namangan (16%) va Jizzax viloyatlarida (12%) qayd etildi.

Yil davomida uy-joy savdosi 10%ga kamaydi. Faollikning eng ko‘p pasayishini ko‘rsatgan hududlar Navoiy va Jizzax viloyatlari bo‘lib, mos ravishda 23% va 18%ga pasaygan. Poytaxtda sotuvlar o‘tgan yilga nisbatan 24%ga kamaydi.

cerr, ko'chmas mulk, narxlar, tahlil, uy-joy ijarasi

Toshkentda vaziyat qanday?

Noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi oktabr oyidagi $9,5ga nisbatan 2,1%ga biroz pasaydi va 1 kvadrat metr uchun $9,3ni tashkil etdi.

Poytaxtning 11 ta tumanidan 10 tasida ijara narxining pasayishi qayd etildi.

Ijara uchun eng qimmat hududlar Shayxontohur (kv.m. $11,6), Yakkasaroy ($10,9) va Mirobod ($11,5) tumanlari bo‘ldi.

Poytaxtdagi uy-joy ijarasi Uchtepa ($8,1), Sergeli ($7,1) va Bektemir ($6.2) tumanlarida eng maqbul narxlarda qolmoqda.

Shu bilan birga, poytaxtda o‘rtacha ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 6,1%ga kamaydi. Yil boshidan buyon ijaraning o‘rtacha narxi 9,2%ga kamaydi.

Poytaxtda ijara narxi bir oy ichida faqat Bektemir tumanida 3,7%ga oshdi.

Ikkilamchi bozor

Noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi 1 kv.m. uchun 0,7%ni tashkil etdi, o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon ikkilamchi uy-joy narxi deyarli 18,2%ga oshdi.

Yil davomida Xorazm (32,9%), Toshkent (31%) va Buxoro (26,9%) viloyatlarida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

cerr, ko'chmas mulk, narxlar, tahlil, uy-joy ijarasi

Toshkent shahrida noyabr oyi davomida ikkilamchi uy-joy narxi 0,4%ga oshdi. Poytaxtda narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Shayxontohur — 1,7%, Yunusobod — 1,6% va Sergeli — 1,5% tumanlarida kuzatildi.

Yil davomida poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 22,8%ga oshdi.