Avvalroq elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilingandi.

Hujjat bilan, 2024−2026 yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun banklarga $400 mln miqdorida kredit liniyalari jalb qilinadi.

Bir oy muddatda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zsanoatqurilishbank” hamda “Biznesni rivojlantirish banki"ning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarini tashkil etish topshirildi.

Mazkur ishchi guruhlar hududlarda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashish, investitsiya loyihalarini shakllantirishga hamda eksport bozorlariga chiqishiga tadbirkorlarga ko‘maklashish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga yordam beradi.

Davlat buyurtmachilari elektrotexnika (TIF TN kodi 84 va 85-guruhi) mahsulotlari xaridini amalga oshirishda elektron kooperatsiya portalidan ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning takliflarini o‘rganish choralarini ko‘rish tartibi o‘rnatiladi.

2024-yilning 1-fevralidan elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda, shu jumladan 120 kun kechiktirib to‘lashda quyida tartib joriy etiladi:

  • QQSni hisobga olish imkoniyatini beruvchi tizimda bir vaqtning o‘zida istalgan miqdorda bojxona yuk deklaratsiyasini yuborish;
  • import bo‘yicha QQSni birinchi navbatda soliq organlaridagi hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobidan undirish;
  • ularning yetmagan qismi bo‘yicha undiruvni bojxona depozitidagi mablag‘larga qaratish.

Korxonalar “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zoligidan qat’i nazar mazkur uyushma tavsiyasi asosida vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritiladi.

Majburiy raqamli markirovka qilinishi belgilangan maishiy texnika mahsulotlarini ro‘yxatga olish, muvofiqlik sertifikati berish va muvofiqlik deklaratsiyasini ro‘yxatga olish qat’iy ravishda tegishli markirovka kodi olinganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari xaridini amalga oshirish bo‘yicha Milliy sanoat portalida alohida sahifa yaratiladi.

Texnik jihatdan tartibga solishda majburiy ko‘rsatkichlarni aniqlashni ta’minlovchi, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sinov laboratoriyasi mavjud bo‘lmagan sertifikatlashtirish organlari tomonidan elektrotexnika mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatlarini berish taqiqlanadi.

Joriy yilning 1-fevralidan O‘zbekistonga elektortexnika mahsulotlarini olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Hujjat bilan mazkur mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Quyida mahsulotlar ro‘yxati keltirilgan:

T/r
Mahsulot nomi
TIF TN kodi
1
Alyumin radiatorlar
7616 99 100 2, 7616 99 100 3, 7616 99 900 8
2
Suv isitish qozonlari
8403 10 100 0, 8403 10 900 0
3
Suv isitkichlar
8419 11 000 0, 8419 19 000 0,
8516 10 110 0, 8516 10 800 0
4
Bug‘ qozonlari
8402 11 000 9, 8402 12 000 9,
8402 19 100 9, 8402 19 900 9,
8402 20 000 9
5
Changyutgich
8508 11 000 0, 8508 19 000 1,
8508 19 000 9
6
Kir yuvish mashinasi
8450 11 110 0, 8450 11 190 0,
8450 11 900 0, 8450 12 000 0,
8450 19 000 0, 8450 20 000 0
7
Sovutkichlar, muzlatkichlar
8418 10 200 1, 8418 10 200 9,
8418 10 800 1, 8418 10 800 9,
8418 21 100 0, 8418 21 510 0,
8418 21 5900, 8418 21 910 0,
8418 21 990 0, 8418 29 000 0,
8418 30 200 1, 8418 30 800 1,
8418 40 200 1, 8418 40 800 1
8
Televizor va monitor
8528 49 100 0, 8528 49 800 2,
8528 49 800 8, 8528 59 100 0,
8528 59 900 0, 8528 72 200 1,
8528 72 2009, 8528 72 300 1,
8528 72 300 2, 8528 72 300 3,
8528 72 300 9, 8528 72 400 0,
8528 72 600 0
9
Maishiy gaz pechi
7321 11 100 0, 7321 11 900 0
10
Duxovka va pechka
8516 60 101 0, 8516 60 109 0,
8516 60 500 0, 8516 60 700 0,
8516 60 800 0, 8516 60 900 0
11
Mikroto‘lqinli pech, dazmol, suv isitkich
8516 10 1100, 8516 31 000 0,
8516 40 000 0, 8516 50 000 0
12
Konditsioner
8415 10 100 0, 8415 10 900 0,
8415 81 001 0, 8415 81 009 0,
8415 82 000 0
13
Suv nasoslari
8413 70 210 0, 8413 70 290 0

Bunda, rasmiy vakillarning servis xizmati bo‘lishi talab qilinadi hamda ular elektrotexnika mahsulotlarini mamlakatga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi hamda servis kafolatini ta’minlaydi.

Shuningdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ta’sischiligida tashkil etilgan “Eltech-Lab” korxonasida elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning texnik reglamentlar va xalqaro talablarga muvofiqligin baholash bo‘yicha sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish markazini tashkil etiladi. Sinov laboratoriyasini jihozlashga budjetdan bosqichma-bosqich 25 mlrd so‘m ajratiladi.

1-dekabrgacha mazkur laboratoriya va sertifikatlashtirish markazini tashkil etish ishlari yakunlanishi belgilangan. 2025-yilning 1-martigacha esa sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro me’yorlar asosida rivojlantirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishni inobatga olgan holda, uni akkreditatsiyadan o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Energetika vazirligi joriy yilning 1-iyunigacha Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan transformator nimstansiyalari va transformatorlarga, kabel-sim mahsulotlariga hamda quyosh fotoelektr stansiyalariga nisbatan yagona texnik talablarni tasdiqlashi kerak.

Bir oy muddatda energetika sohasida infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi davlat xaridlarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlari xarid qilinishini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini Jahon savdo tashkiloti talablariga mos ravishda ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash choralari ko‘riladi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzurida loyihalash ishlarini amalga oshiradigan Loyihalash va injiniring markazi — “Eltexenergoloyiha” MChJ tashkil etilgan.

Noyabr oyida prezident 2017-yildan buyon elektrotexnika sanoatida umumiy qiymati $640 mlnlik 224ta loyiha ishga tushirilganini ta’kidlagandi. Mamlakatga elektrotexnika mahsulotlari importi yiliga $800 mlnni tashkil etadi, mintaqaviy bozor esa $3 mlrdga baholanadi.

2024-yilda mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida umumiy qiymati $2 mlrdlik 141ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. 2023-yilda elektrotexnikada $163 mlnlik korxona ishga tushgan. Elektrotexnika eksporti esa $1 mlrdga yetgan.