“Agar uskuna buzilsa, ishlab chiqarish to‘xtaydi” — tadbirkorlar suv va gazlangan ichimliklarga markirovkalashni joriy qilish muammolari haqida

Biznes raqamli markirovkani integratsiyalashdagi qiyinchiliklar, elektr ta’minotidagi uzilishlar xavfi, xarajatlar va yakuniy mahsulot narxining oshishini qayd etdi. Soliq qo‘mitasi va markirovkalash tizimining operatori CRPT Turon vaziyatga izoh berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijdagi o‘zimiznikilar: “Backbase” kompaniyasi dasturchisi Jahongir Xamidov hikoyasi

Dastlab pedagogikaga qiziqqan, ammo yo‘lini dasturchilikda davom ettirgan Jahongir Xamidov Polshadagi hayoti, nega maqsadlarini o’zgartirgani, birinchi topgan $200i haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Sayohat tarixi haqida onlayn ma’lumotni qanday olish mumkin? Qo‘llanma

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

“Spot” fevral oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biznes tarixi: 310 mlndan ortiq foydalanuvchiga ega “Amazon” kompaniyasi qanday tashkil etilgan?

Ushbu materialda kompaniyaning qanday paydo bo‘lgani, hammasi nimadan boshlangani, rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda IMEIni noqonuniy o‘zgartirish va nusxalashga javobgarlik belgilandi.
    Mazkur huquqbuzarliklarni sodir etganlar qariyb 7 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi hamda qurilmalari musodara qilinadi.
  2. Toshkentda 160ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirildi.
    Ogohlantirish xatlari atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning birinchi va ikkinchi toifasiga kiruvchi korxonalarga jo‘natilgan.
  3. O‘zbekistonda dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 17 so‘mga oshib, 12 435 so‘mni tashkil etdi.
  4. Gamburg sudi Forbes’ning Alisher Usmonov haqidagi iborasini obro‘sizlantirish deb baholadi.
    Qayd etilishicha, go‘yoki milliarder Putin uchun “boshqacha rol o‘ynagan” va bu Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni qo‘llashiga olib kelgan.
  5. Fevraldan Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi.
    Avvalroq prezident huzuridagi taqdimotda Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi platformasi 1-martgacha ishga tushirilishi belgilab olingandi.
  6. 1-apreldan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi.
    Endilikda aholi va tadbirkorlar uchun amaldagi xizmat qiymatiga nisbatan 12% miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i belgilanadi.
  7. Endi dori reklamalari Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi asosida efirga uzatiladi.
    Dorilar bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.
  8. Toshkentda kanatli jamoat transporti qurilishi rejalashtirilmoqda.
    Loyiha Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan.
  9. Prezident Jizzaxda elektromobillar ishlab chiqarishga start berdi.
    Natijada, yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi.
  10. 1-fevraldan “Tashabbusli budjet"ning birinchi mavsumi boshlanadi.
    Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,36 mlrd so‘mni tashkil etib, mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.