Fuqarolar uchun xorijga amalga oshirilgan sayohatlar tarixi haqida onlayn ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.

O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tuvchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan Yagona portal orqali tanishish mumkin.

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

qo'llanma, sayohat tarixi, yagona portal

Buning uchun, portalga kirgach “Fuqarolik” sohasi tanlanadi. Unda “Chegarani kesib o‘tish haqida ma’lumot” xizmati mavjud.

qo'llanma, sayohat tarixi, yagona portal

Mazkur xizmat tanlagandan keyin “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi hamda unda paydo bo‘lgan so‘rov to‘ldiriladi: JSHSHIR raqami va tug‘ilgan sana kiritilib, arifmetik amalga javob beriladi.

Undan keyin tekshirish tugmasi bosilgach, fuqaroning xorijdan mamlakatga kirgan yoki mamlakatdan chet elga chiqqan sanalari shakllanadi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq “Spot” pensiya tayinlash uchun arizani qanday o‘zgartirish mumkinligi to‘g‘risida qo‘llanma taqdim etgandi.