23-yanvar, seshanba kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 435 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 16 so‘m 99 tiyinga oshdi.

Regulyatorning 17-yanvardagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi qariyb 12 427 (+11,95) so‘mni tashkil qilgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.