Markaziy bankning 2023-yil 18-yanvar holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 427 (+11,95) so‘mni tashkil qilmoqda.

Regulyatorning 11-yanvardagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi qariyb 21 so‘mga oshib, 12 418 so‘mni tashkil qilgandi.

Bundan oldingi dollar kursining rekord ko‘rsatkichi 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 000 so‘m chegarasidan o‘tdi.

Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.

Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.

Shuningdek, bu eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi — fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.