Bekzod Samikjonovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda u ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni


Jahon banki iqtisodchilar uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Ishtirokchilarga $46 ming miqdorida stipendiya beriladi hamda 8 oy davomida Vashingtonda amaliyot o‘tashadi.

hafta yakuni


Bir qop pistadan xalqaro bozorgacha: Ermak asoschisi 30 yillik biznes, tabiiy mahsulotning nega muhimligi va kadrlar tanqisligi haqida

Valijon Solixov bu biznesni boshlashiga nima sabab bo‘lgani, tadbirkor ustidan nega kulishgani, O‘zbekistondagi biznes iqlimi va tadbirkorlarga maslahatlarni Spot bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni


Ruminiya hukumatining stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavr, magistratura va PhD darajalari uchun ishtirok etishlari mumkin.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Lenovo shaffof displeyli noutbukni ishlab chiqmoqda.
    Ma’lum qilinishicha, yangi mahsulot fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress 2024 yillik tadbirida namoyish etiladi.
  2. 2023-yilda O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi.
    Aholiga tegishli avtomobillar soni 10%dan ortiq o‘sish bilan 4,02 mln donani tashkil etgan.
  3. O‘zbekistonda ayollarga avtobus va yuk avtomobillarini haydashga ruxsat berildi.
    Xususan, xotin-qizlar yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari hamda yo‘lovchilar soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarishlari mumkin bo‘ladi.
  4. Endi o‘zbekistonliklar Ozarbayjonda 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishlari mumkin.
    Yanvarda ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz sayohat qilish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma kuchga kirdi.
  5. Dubay 2026-yilda uchar taksi xizmatini ishga tushiradi.
    Birinchi bosqichda Dubayning to‘rtta joyida uchar taksilar uchun uchish va qo‘nish maydonchalari quriladi.
  6. Inspiring Women in Science tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.
    Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $50 mingni tashkil qiladi. Arizalar 8-aprelgacha qabul qilinadi.
  7. 1-martdan Jizzax viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi.
    Xususan, aholi uchun ichimlik suvi narxi 4 ming so‘mni, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 6 ming so‘mni tashkil etadi.
  8. Kelasi o‘quv yilidan Uzbekistan Airports stipendiyasi joriy etiladi.
    Unda Toshkent davlat transport universitetining Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetining yuqori bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
  9. Ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatiladi.
    Energetika vazirligi bir qator issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining pasayishi kuzatilishi sabab, qisqa muddatli cheklovlar joriy qilinishini bildirdi.
  10. Barcha metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilmoqda.
    Shundan kelib chiqib, benzin zapravkalarga benzin mahsulotlarini qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib berilishi ta’minlanadi.