Ayol-qizlarni tabiiy va aniq fanlarga jalb qilishga qaratilgan “Inspiring Women in Science” tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $50 mingni tashkil qiladi.

Tanlov ikki kategoriya bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi toifada ayollarni “STEM” sohasiga rag‘batlantira oluvchi g‘oyaga ega barcha qatnasha oladi. Ikkinchi toifasi esa, faqat ayol-qizlar uchun mo‘ljallangan.

Tanlov ingliz tilida bo‘lgani uchun nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

G‘oliblarga turar joy, safar xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Shuningdek, g‘oliblarning ishlari Nature.com saytida chop etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun arizalar joriy yil 8-aprelgacha qabul qilinadi.

Tanlov haqida batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish bu yerda.


Avvalroq “Spot” Toshkentda o‘tkaziladigan “AI Hackathon” loyihasiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish kerak.