“Siberia Weal” kompaniyasi Rossiya korxonalarining mahalliy bozorga kirishiga yordam berish maqsadida O‘zbekistonda ish boshladi. Bu haqda Rossiyaning Toshkentdagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.

Konsalting firmasi Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan va uning vakolatxonasi sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya mutaxassislari ushbu mintaqadagi va Rossiyaning boshqa hududlaridagi kompaniyalarga to‘liq xizmatlarni taqdim etishadi.

Xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • mahalliy yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash;
  • moliyaviy hisobotlarni yuritish;
  • “Made in Uzbekistan” sertifikatini olish;
  • potensial xorijiy hamkorni izlash va tanlash;
  • ijara uchun binolarni tanlash (Toshkent va Toshkent viloyatida);
  • biznes uchun mehmonxona tanlash va bron qilish (Toshkent va Toshkent viloyatida);
  • o‘zbek tilidan rus tiliga va aksincha, og‘zaki va yozma tarjima;
  • individual biznes missiyalarini tashkil etish;
  • ko‘rgazma tadbirlarida ishtirok etish va boshqalar.

Avvalroq Rossiyaning “Stroyproyekt” kompaniyasi Toshkent shahrida $10 mlnga ishbilarmonlik markazi qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.