Avvalroq elektrotexnika mahsulotlarining eng kam eksport narxlarini belgilash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangandi.

Charm-poyabzal va to‘qimachilik sohalari bo‘yicha ham eksportyor tadbirkorlardan tashkil topgan ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining xabar berdi.

Charm-poyabzal mahsulotlari bo‘yicha minimal eksport narxlarini belgilash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi:

  • Davron Vaxabov — Savdo-sanoat palatasi raisi, ishchi guruh rahbari;
  • Farxod Nurmuxamedov — “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi v.b, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari;
  • Jo‘rabek Atabekov — “Amir Feniks Group” rahbari;
  • Shoxruxbek Rustamov o‘g‘li — “Ravon Taraqqiyot Orzusi” ta’sischisi;
  • Farxod Mamadiyev — “Clasica Shoes International” ta’sischisi;
  • Akmal Baxodirov — “Botir Muhammadali” direktori;
  • Shuxrat Abdullayev — “Poyafzal Servis Urgut” direktori;
  • Dilmurod Karimov — “EuroStyle Shoes” direktori;
  • Aziz Abdullayev — “Sitonni” rahbari;
  • Abror Abduvaxobov — “Peng Sheng Charm” direktori o‘rinbosari;
  • Xusan Madumarov — “Hamkor Nur Savdo” rahbari;
  • Aziz Akramov — “Premium Leather” rahbari;
  • Rustam Sobirov — “Merfen Ko” rahbari.

To‘qimachilik bo‘yicha minimal eksport narxlarini belgilash bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi quyidagicha:

  • Davron Vaxabov — Savdo-sanoat palatasi raisi, ishchi guruh rahbari
  • Mirmuhsin Sultanov — “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushma raisi v.v.b. kengash raisi o‘rinbosari
  • Jamshid Ismatullayev “Chust Textile” korxonasi rahbari, kengash raisi o‘rinbosari
  • Muzaffar Razzakov — “Fergana Global Textile” korxona ta’sischisi
  • Maxir Deniz — “Zelal Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Toxir Xoshimov — “TMT” korxona ta’sischisi
  • Baxtiyor Umarov — “Istiqlol Textile Dizayn” korxona ta’sischisi
  • Shavkat Sharipov — “Zarafshon Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Orxan Ajar — “Best kolor tekstil” korxona ta’sischisi
  • Shuxrat Xalimov — “Urganch Baxmal” korxona ta’sischisi
  • Sedat Sheygul — “Sedat triko Tashkent” korxonasi ta’sischisi
  • Komol Abdullayev — “Sam Antep Gilam” korxona ta’sischisi
  • Shuxrat Xamdamov — “Sam Rofoat Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Bazarbay Saparbayev — “BS Buzatov Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Omonullo Xashimov — “Sahovat Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Akrom G‘aniyev — “Nil Granit” korxona ta’sischisi
  • Farxod Zokirov — “Xo‘jaobod Fayz M” korxona ta’sischisi
  • Azamat Sultonov — “Buxoro Agro Klaster” korxona ta’sischisi
  • Dadajon Ergashev — “Jizzax-Toshtepa Tekstil” korxona rahbari
  • G‘olib Erqulov — “Bunyodkor Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Sherzod Djumayev — “Navbaxor Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Nosirxon Akbarov — “Namangan To‘qimachi” korxona ta’sischisi
  • Aziz Axrorov — “Samarkand Apparel” korxona ta’sischisi
  • Durbek Abduraxmanov — “Politeks Sirdare” korxona ta’sischisi
  • Kamoliddin Saidov — “Denov Tekstil Klaster” korxonasi ta’sischisi
  • Jobirxon Kamoliddinov — “Farg‘ona Turon Tekstil” korxona ta’sischisi
  • Alisher Sobirov — “Xorazm Teks” korxona ta’sischisi
  • Ravshan Normatov — “Osborn Tekstil” korxona rahbari.

Hukumatning 15-maydagi qarori bilan elektrotexnika hamda to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlarining minimal eksport narxlari belgilandi. Eng kam narx rejimini buzganlik uchun eksportyorlarni daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan mahrum qilish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun bojxona imtiyozlari kengaytirilishi haqida xabar berilgandi. 2027-yilgacha import qilinadigan xomashyo va boshqa materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlarga bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.