Avvalroq “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirishga qaratiligan prezident qarori qabul qilingandi.

Hujjat bilan, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag‘lari bilan ta’minlashda yangi tartibi joriy etiladi.

Xususan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” moliyaviy mablag‘larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtiradi.

2024-yilning 1-noyabridan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo‘yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, kompaniya va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.

Bundan tashqari, kompaniyaga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qo‘yiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash;
  • respublika budjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlar bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘zaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish;
  • mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlar bo‘yicha portfel kafilliklar taqdim etish.

“Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan o‘tkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi"ga qo‘shib yuboriladi.

Joriy yilning birinchi yarmida kompaniya tomonidan tadbirkorlarga 17,1 trln so‘m miqdorida moddiy yordam ajratligan. Yil yakunigacha loyihalar uchun 1,4 trln so‘m yo‘naltiriladi.