Toshkent shahar hokimligi poytaxtda maxsus arzonlashtirilgan narxlardagi savdo yarmarkalari tashkil etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, savdo yarmarkalari quyidagi bozorlarda o‘tkazilmoqda:

  • Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori”;
  • Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori”;
  • Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”;
  • Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori”;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z dehqon bozori”;
  • Yunusobod tumani — “Oloy dehqon bozori”;
  • Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori”;
  • Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori”;
  • Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori”;
  • Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori”;
  • Bektemir tumani — “Quylik dehqon bozori”;
  • Olmazor tumani — “Qora qamish dehqon bozori”.

Raqobat qo‘mitasi Yangi yil bayrami arafasida yirik savdo tarmoqlariga muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini asossiz oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Avvalroq Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlari qanday ishlashi ma’lum qilingandi. Avtobus harakati 14-dekabrda ish kunlari, 30−31 dekabrda esa yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.