Xiaomi qahva hidiga ega smartfon ishlab chiqardi, deya xabar bermoqda 808 Media nashri.

Vegan charmidan yasalgan smartfonning orqa qopqog‘iga qahva quyqasi o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon amerikanoning yengil hidini taratadi va hid kuchli emas.

Qurilma 6,55-dyuymli 120 Gs yangilanish chastotasiga ega OLED-displey, shuningdek, Snapdragon 8s Gen 4 protsessori va 67 Vt tez zaryadlanuvchi 6000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega.

Selfi uchun 50 megapikselli kamera o‘rnatilgan, asosiy kameralar tarkibida esa 50+50+12 megapikselli sensorlar mavjud bo‘lib, ular tele va keng burchakli linzalar bilan jihozlangan.

Civi 5 Pro modeli 2999 yuan (~$410ga) baholandi. U Xitoydan tashqarida ham mavjud bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.


Avvalroq Spot Xiaomi tarjima qilish funksiyasiga ega ruchkani taqdim etgani haqida yozgandi.

Ruchka matnni aniqlab, tarjima qilish imkoniyatiga ega. Natija uch dyuymli ekranda aks ettiriladi. Bundan tashqari, gadjet ovoz orqali ham tarjima qilishni ta’minlaydi.