Toshkent viloyatining ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori tezligi 80 km/soatgacha tushiriladi. Bu bo‘yicha 2-fevral kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishili qarori qabul qilindi.

2025-yilda viloyatdagi D 012 “Byektemir-Chirchiq-G'azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 19−74 km oralig‘ida belgilangan tezlikka amal qilinmagani oqibatida 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, 15 kishi vafot etgan va 50 kishi tan jarohati olgan.

YTHlarning oldini olish, fuqarolar va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun aholi yashash hududidan tashqari qismida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini kamaytirish 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat) yo‘l belgilarini o‘rnatish zarurati yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan “Byektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 6 ta aholi yashash joyidan tashqari qismida harakat tezligini 100 km/soatdan 80 km/soatgacha kamaytirish taklifi ma’qullandi.

Gap Yuqori Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlari hududidan o‘tuvchi yo‘lning 19−20 km, 44−45 km, 49−50 km, 61−62 km, 64−65 km hamda 71−74 km oralig‘idagi qismlari haqida bormoqda. Quyida ro‘yxati keltirilgan:

avtomobil yo‘llari, chorvoq, tezlik, toshkent-chorvoq, avtomobillar

2025-yilning aprel oyida Toshkent viloyatidagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobil tezligi 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirilgandi. Ro‘yxatga M39 avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlaridan o‘tgan qismlari ham kiritilgan.

Avgust oyida Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida tezlikni 80 km/soatgacha oshirish taklif qilingandi. YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovning ma’lum qilishicha, tirbandlik va yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida poytaxtning 12 ta ko‘chasida bir tomonlama harakatlanishni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq YHXX qizil stikerli avtomobillarning shaharga kirishi cheklanmaganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.