WhatsApp chatlardagi o‘qilmagan xabarlarning sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan qisqa mazmunini sinovdan o‘tkazishni boshladi.
Messenjer o‘z blogida Chatda o‘qilmagan xabarlar mazmunini umumlashtirish imkonini beruvchi Meta AI asosidagi Message Summaries funksiyasi haqida ma’lum qildi.
Message Summaries Private Processing texnologiyasidan foydalanadi, shuning uchun Meta va WhatsApp xabarlar va xulosalarga kira olmaydi, deya ta’kidlaydi kompaniya.
Sun’iy intellekt xulosalari faqat foydalanuvchi uchun ochiq bo‘ladi. Bu funksiya boshlang‘ich holatda o‘chirilgan.
Kompaniya sun’iy intellekt xulosalarini o‘tkazib yuborilgan xabarlarni tezroq tushunishning qulay usuli sifatida taqdim etmoqda.
Bu ayniqsa telefonini uzoq vaqt tekshirmagan yoki ko‘plab faol suhbatlarda qatnashayotgan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Dastlab bu funksiya AQShda faqat ingliz tili uchun mavjud bo‘ladi. Kompaniya joriy yil oxirigacha boshqa tillar va mamlakatlarni qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Spot WhatsApp’da kanallarga pulli obuna bo‘lish funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi. Shuningdek, messenjerda reklama e’lonlari paydo bo‘lishi haqida ma’lum qilindi.