Bir guruh biznes vakillari “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoyishi qabul qilindi.

112 nafar tadbirkorga mukofot O‘zbekistonning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi xizmatlari, sohaga ilg‘or innovatsion, “yashil” va raqamli texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish, ish o‘rinlari yaratishga qo‘shgan katta hissasi uchun berilgan.

Mukofotlanganlar orasida Bellissimo Pizza International taʼsischisi Farrux Abdullayev, Sales Doctor rahbari Alisher Isayev, O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi Diyor Mirzaaxmedovlar bor.

To‘liq ro‘yxat:

  • Atadjanov Ne’matjan Taxirovich — To‘rtko‘l tumanidagi Real montaj rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Yeshanov Zulfat Kadirbergenovich — Qonliko‘l tumanidagi Zamira Kazayakli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Jarilkasinov Ruslan Xojabayevich — Shumanay tumanidagi Promservis Shumanay xususiy korxonasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Ismaylov Nurman Djanabayevich — Chimboy tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-o‘tov yasovchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Kaljanov Sarsenbay Kalbayevich — Nukus shahridagi Jayhun Turon Super Servis direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Xabibullayev Xojiakbar Malik o‘g‘li — Nukus shahridagi Nukus lak-bo‘yoqlari direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Atabekov Shaxzod G‘ayratovich — Paxtabod tumanidagi The Besttex ta’sischisi, Andijon viloyati;
  • Axmedov Ravshanbek Alijonovich — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Oqsuv fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati;
  • Ibaydullayev Ulug‘bek Qurbonaliyevich — Andijon tumanidagi Sity-Stroy direktori, Andijon viloyati;
  • Mirzayev Farxodjon Alijanovich — Andijon tumanidagi Texno-innovator ta’sischisi, Andijon viloyati;
  • Moitov Xikmatillo Xabibullayevich — Jalaquduq tumanidagi Ulug‘ qudrat sohibi fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati;
  • Siparova Svetlana Gennadevna — Oltinko‘l tumanidagi Mark Formelli IT ta’sischisi, Andijon viloyati;
  • Eshonxujayeva Noira Jo‘rayevna — Xo‘jaobod tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Andijon viloyati;
  • G‘aybullayev Doniyor Ixtiyor o‘g‘li — Shofirkon tumanidagi xususiy o‘quv markazi rahbari, Buxoro viloyati;
  • Quvatov Elamon Choriyevich — Olot tumanidagi Buxoro Gold Star Moto ta’sischisi, Buxoro viloyati;
  • Ravshanov Abdulaziz Xamitovich — Kogon tumanidagi Parravshantrans rahbari, Buxoro viloyati;
  • Sayidova Dilnavoz Shavkatovna — G‘ijduvon tumanidagi Ortiq Dilnavoz rahbari, Buxoro viloyati;
  • To‘xtayev Erdon Isoyevich — Buxoro shahridagi Rushan Teks direktori, Buxoro viloyati;
  • Fayziyev Yaxyo Sharafovich — Romitan tumanidagi Fayz-2000 fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati;
  • Choriyev Malikbek Muhamadovich — Buxoro tumanidagi Sledopyt direktori, Buxoro viloyati;
  • Bayxurazov Sunnatulla Raxmatkulovich — Jizzax shahridagi Maqsuda Nazokat direktori, Jizzax viloyati;
  • Djurayeva Komila Mavlanovna — Zarbdor tumanidagi Zarbdor zirapchasi gul ko‘chatlarini yetishtirish tomorqa xizmati rahbari, Jizzax viloyati;
  • Mannonov Umidjon Ulug‘bek o‘g‘li — Jizzax shahridagi Euroasia gilamlari bosh direktori, Jizzax viloyati;
  • Mo‘minov Sardor Shuxrat o‘g‘li — Zafarobod tumanidagi Tasty Broyler Industry rahbari, Jizzax viloyati;
  • Suvanova Yulduz Usmonovna — Jizzax shahridagi Atlant Architects Group rahbari, Jizzax viloyati;
  • Tojiboyev Maqsud Mahmudovich — Zomin tumanidagi MJN Hous xususiy korxonasi rahbari, Jizzax viloyati;
  • Xodjayev Rustam Maxamadaliyevich — Baxmal tumanidagi Baxmal Natural Juice rahbari, Jizzax viloyati;
  • Astonova Marxabo Xurramovna — Shahrisabz tumanidagi Hisor mebel ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati;
  • A’lamov Azimiddin Aslonovich — Kasbi tumanidagi Saidazimxon rahbari, Qashqadaryo viloyati;
  • Ganiyev Sanjar Xudoyberdiyevich — Kitob tumanidagi Voha mash’ali direktori, Qashqadaryo viloyati;
  • Inogamdjanov Davrug Davronovich — Ko‘kdala tumanidagi Cotonella direktori, Qashqadaryo viloyati;
  • Xurramov Nodirbek Normo‘minovich — Mirishkor tumanidagi Normo‘min o‘g‘li Nodirbek rahbari, Qashqadaryo viloyati;
  • Eshtemirov Sobir Abdullayevich — Ko‘kdala tumanidagi Comfort Industrial Area ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati;
  • Gapparov Husniddin Shaxridinovich — Navoiy shahridagi Xovandamir Holding rahbari, Navoiy viloyati;
  • Jumaboyev Qudratjon Jumaboy o‘g‘li — Qiziltepa tumanidagi SVS Navoiy rahbari, Navoiy viloyati;
  • Karimov Zohid Zoirovich — Navbahor tumanidagi Navbahor Agrolimon direktori, Navoiy viloyati;
  • Kendjayev Elmurad Saidovich — Karmana tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Navoiy viloyati;
  • Tashbenbetov Yerjan Yermaxanovich — Konimex tumanidagi Kanimex Max Drive xususiy korxonasi rahbari, Navoiy viloyati;
  • Umarov Shomurot Islomovich — Navbahor tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Navoiy viloyati;
  • Azizov Abdulxodi Rustamjonovich — To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Gold Fresh Fruits rahbari, Namangan viloyati;
  • Axadov Adxam Akramovich — Yangi Namangan tumanidagi Mexmash direktori, Namangan viloyati;
  • Dadaxonov Murtaza Tursunxonovich — Kosonsoy tumanidagi Osmon sayyorasi fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati;
  • Djurayev Toxir Turashxanovich — Namangan shahridagi Fazman Tekstil bosh direktori, Namangan viloyati;
  • Mayunusov Ildorjon Xakimjonovich — Davlatobod tumanidagi Anturage-tex rahbari, Namangan viloyati;
  • Muratov Bori Irgashevich — Chust tumanidagi Megaton ta’sischisi, Namangan viloyati;
  • Xodjimatov Baxrom Vaxidovich — Chust tumanidagi Siberian Wellness-Namangan bosh direktori, Namangan viloyati;
  • Ergashev Xurshidbek Yuldashevich — Pop tumanidagi Active Chorkesar Light ta’sischisi, Namangan viloyati;
  • Ganiyev Feruz Normamatovich — Samarqand tumanidagi Asia Carpet Textile direktori, Samarqand viloyati;
  • Zayniyev Muxriddin Mexrojiddin o‘g‘li — Urgut tumanidagi Yec gilam bosh direktori, Samarqand viloyati;
  • Ilmurotov Kudrat Urolovich — Pastdarg‘om tumanidagi Qudrat zamin durdonasi fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati;
  • Kazakova Mariya Rafailovna — Samarqand shahridagi Prime Ceramics bosh direktori, Samarqand viloyati;
  • Karimov Abdunabi Abduxakimovich — Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Nurli Miyonkol fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati;
  • Norov Sunnatulla Alimdjanovich — Urgut tumanidagi Gardencells rahbari, Samarqand viloyati;
  • O‘rolov Alisher Shuxrat o‘g‘li — Samarqand shahridagi Enjoy Fly ta’sischisi, Samarqand viloyati;
  • Xushiyev Shohzodjon Inatilla o‘g‘li — Narpay tumanidagi Agro Gold Spring fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati;
  • Yusubayev Azizbek Maxamadjon o‘g‘li — Bulung‘ur tumanidagi Samarkand Garden Plast rahbari, Samarqand viloyati;
  • Yalgashev Baxtiyor Tashtemirovich — Oqdaryo tumanidagi Meganut food dried fruits import-export trading LTD xorijiy korxonasi direktori, Samarqand viloyati;
  • Ganiyev Aziz Salimovich — Guliston shahridagi Don Miks direktori, Sirdaryo viloyati;
  • Dushabayev Akmal Nurmatovich — Mirzaobod tumanidagi Navro‘z total textile direktori, Sirdaryo viloyati;
  • Ibragimova Robiya Shavkatovna — Xovos tumanidagi RS Success Agro ta’sischisi, Sirdaryo viloyati;
  • Kuduzov Maxmud Salamovich — Sirdaryo tumanidagi River Med Pharmning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori, Sirdaryo viloyati;
  • Mamatkulov Jaxongir Arifdjanovich — Mirzaobod tumanidagi Fs Logistics direktori, Sirdaryo viloyati;
  • Abdukerimov Zafarjon Baxtiyer o‘g‘li — Termiz tumanidagi Termiz International Trade Centre direktorining o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati;
  • Anorov Sherzod Xolmurzayevich — Termiz shahridagi Me’mor Inter Stroy rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Djurayev Baxodir Ismailovich — Qumqo‘rg‘on tumanidagi Joziba mebel xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Ochilov Murodjon Maxamadiyevich — Termiz tumanidagi Gold Dried Fruits Export rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Xolmuminov Axrorjon Ilxomovich — Denov tumanidagi Inter Prof City Stroy direktori, Surxondaryo viloyati;
  • Abdullayev Jamshid Zafarovich — Zangiota tumanidagi Zangiota tomorqa xizmati export ta’sischisi, Toshkent viloyati;
  • Ataxanov Abduraxim Latifovich — Chirchiq shahridagi Alkim Tekstil rahbari, Toshkent viloyati;
  • Zakirov Sanjar Taxirovich — Yangiyo‘l tumanidagi International Paper ta’sischisi, Toshkent viloyati;
  • Kushbakov Ilxom Zakirjanovich — Bekobod tumanidagi Qo‘shboq ota fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  • Muxsinov Fayoz Munisovich — Chirchiq shahridagi Indigo Garments ta’sischisi, Toshkent viloyati
  • Nazarov Baxram Absatarovich — Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qo‘chqor chavandoz fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  • Normatov Ravshan Ishmatovich — Bo‘stonliq tumanidagi Osborn Textile xorijiy korxonasi direktori, Toshkent viloyati
  • Jorayev Rustam Polatxanovich — Farg‘ona shahridagi Zhongming Metal Products ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
  • Zakirov Kamoliddin Yunusaliyevich — Farg‘ona shahridagi Xayrixon Kamol orzu oilaviy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Kim Aleksandr Vyacheslavovich — Quvasoy shahridagi Quvasoyshifer Hrizotil bosh direktori, Farg‘ona viloyati
  • Nasimov Elmurod Voxidovich — Buvayda tumanidagi Wire cable system group xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Temirov Qurbonbek Abdumalikovich — Furqat tumanidagi Oybek Temirov fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • To‘xtaboyev Orifjon Odiljonovich — O‘zbekiston tumanidagi Star Genius ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
  • Xamzayev Shavkat Xamidovich — Uchko‘prik tumanidagi Great Kokand ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
  • Djumaniyazov Raxim Ilxamovich — Urganch shahridagi Matbaa Paper rahbari, Xorazm viloyati
  • Mirzayeva Lola Shavkatovna — Xiva shahridagi Khiva Plaza direktori, Xorazm viloyati
  • Raximov Muzaffar Baxramovich — Xiva tumanidagi Khiva Silk Fabris rahbari, Xorazm viloyati
  • Ro‘zmetov Bahodir Boyjonovich — Yangiariq tumanidagi Bahodir and sons bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
  • Ro‘zmetov Xursandbek Yo‘ldoshevich — Yangiariq tumanidagi Ostona mebel servis xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
  • Rustamov Ollashukur Shuxratovich — Xiva shahridagi Sofra rahbari, Xorazm viloyati
  • Abdullayev Farrux Xabibulla o‘g‘li — Yakkasaroy tumanidagi Bellissimo Pizza International ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Abdullayev Elmurod Toxirmirzaevich — Yunusobod tumanidagi Sun-Hightech bosh direktori, Toshkent shahri
  • Abdullayeva Farangiz Abdullayevna — O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi raisi
  • Abidov Rustam Abdukaxarovich — Toshkent shahridagi Black Pilaf direktori
  • Akramov Alisher Djamshedovich — Toshkent shahridagi Sirovarnya Super Food ta’sischisi
  • Alimuxamedov Alisher Baxtiyarovich — Bektemir tumanidagi Rio International xususiy korxonasi direktori, Toshkent shahri
  • Djalilov Otabek Zafarbekovich — Mirobod tumanidagi Avrud rahbari, Toshkent shahri
  • Isayev Alisher Maxmudxodjayevich — Mirobod tumanidagi Sales Doctor rahbari, Toshkent shahri
  • Ismailov Kaxraman Kambulovich — Toshkent shahridagi Sazanchik Premium ta’sischisi
  • Israilova Gulchexra Baxodirovna — O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi
  • Kadirov Rovshan Baxramovich — Chilonzor tumanidagi Metal Processing Technology ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Karimov Abdugafur Abduvaxobovich — Chilonzor tumanidagi Radiks direktori, Toshkent shahri
  • Karimova Diora Orifovna — Mirobod tumanidagi Artisan bread bosh texnologi, Toshkent shahri
  • Kasimova Dildora Mirgiyosovna — Toshkent shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-tikuvchi
  • Kayumov Shoxrux Shavkatovich — Toshkent shahridagi Trusted Textile Marketplace ta’sischisi
  • Latipov Maxmudjan Nadjimidinovich — Shayxontohur tumanidagi Mediapark Group ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Malikov Yorqinjon Erkindjanovich — O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi raisi
  • Mirzaaxmedov Diyor Akramovich — O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi
  • Nasretdinov Saidvali Saidnabiyevich — Shayxontohur tumanidagi Agro Prodex Group ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Nuritdinov Sardorbek Maxammatjonovich — Toshkent shahridagi Marco Polo Central Asia Travel rahbari
  • Rasulev Farxod Kaxramanovich — Yakkasaroy tumanidagi Dolores Travel Services ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Sabirov Nigmatullo Zakirovich — Chilonzor tumanidagi Finland Butter ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Saliyev Umidillo Xabibullayevich — Yangihayot tumanidagi Original Textile and Print bosh direktori, Toshkent shahri
  • Usmanov Sardarbek Yigitaliyevich — Toshkent shahridagi Saas Teks Invest rahbari
  • Xolboyev Shavkatbek Xumaydullayevich — Toshkent shahridagi Metsol direktori

2022-yilning avgustida prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida davlat rahbari biznes vakillari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvonini ta’sis etish taklifini bildirgandi.

Shuningdek, o‘sha yildan O‘zbekistonda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 2024-yilda ham prezident farmoyishi bilan jami 104 nafar biznes vakili mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi. Ular qatorida “Ermak” savdo belgisi asoschisi Validjan Salixov, “Feed Up” direktori Umid Irgashev hamda “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i tijorat direktori Sherzod Maxmudov kabilar bor.

2024-yilning sentabrida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor unvoni” ta’sis etildi. Mazkur unvon bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillari taqdirlanadi.

Avvalroq prezident 49 nafar tadbirkor mukofotlangani haqida xabar berilgandi. Jumladan, Anglesey Food korxonasi (Korzinka) kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Akfa Group kompaniyalar guruhi asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.