Yoshlar kofeindan voz kechmoqda, qolganlar esa qahva qaynatgich sotib olib, uyda qahva tayyorlashmoqda. The New York Times gazetasining yozishicha, bu tendensiya masofadan ishlovchilar sonining ortishi bilan bog‘liq.

Uydan ishlaydigan odamlar oshxonalarida maxsus qahva burchaklarini jihozlashmoqda. Masalan, AQShda qahva mashinalarining sotilishi 50%ga oshgan. “Uy baristalari” kurslari ham tobora ommalashib bormoqda.

Odamlar qahvaxonalardagi qimmat ichimliklar uchun pul sarflashdan charchagan, shu sababli ular tejamkorlikka harakat qilishmoqda.

Qahvaxonalar ko‘payishiga qaramay, Milliy qahva uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, amerikaliklar orasida qahva qaynatgich sotib olish va uyda qahva tayyorlash tendensiyasi kuchaymoqda.

2020-yildan beri oddiy tomchi usulidan tortib qahva donlarini maydalab, buyurtma asosida damlaydigan qahva mashinalarigacha deyarli barcha turdagi qahva tayyorlash uskunalari ommalashgan.

Masalan, oshxona peshtaxtasiga o‘rnatiladigan espresso mashinalariga egalik qilish 50% ga oshgan bo‘lsa, murakkab, sekin ishlaydigan va qo‘lda damlanadigan filtrli qahva tayyorlash uskunalarining soni 20% ga ko‘paygan.

“Uyda kofe tayyorlash, u filtrli yoki espresso bo‘lishidan qat’i nazar, rivojlanib bormoqda”, — dedi Nyu-York shahridagi bir nechta kafe, o‘quv markazi va onlayn-do‘konni boshqaradigan Coffee Project kompaniyasining hammuassisi Chi Sum Ngai.


Avvalroq Spot Dubayda bir finjon qahva eng qimmat narxda sotilgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, uning narxi $680ni tashkil qilgan. Natija Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.