Avvalroq 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslar uchun yer solig‘i stavkalari oshirilgani haqida xabar berilgandi. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar budjet va soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 25-dekabrda imzolagan qonun suv resurslaridan foydalanish solig‘ining yangi stavkalarini ham belgilaydi. Ushbu stavkalar tasdiqlangan limit doirasida yer usti yoki yer osti manbalaridan suv iste‘mol qilinganda qo‘llaniladi.
Barcha stavkalar taxminan 7%ga oshirildi. Masalan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan suv uchun soliq stavkasi bir kub metr uchun 107 so‘m miqdorida belgilandi.
Boshqa korxonalar uchun soliq stavkalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
| Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari | 1 kubometr uchun soliq stavkasi, so‘m | |
| yer usti suv resurslari manbalari | yer osti suv resurslari manbalari | |
| Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari | 118 | 144 |
| Boshqa korxonalar (sanoat, YTT), tijorat ko‘chmas mulki), shuningdek jismoniy shaxslar | 749 | 910 |
| Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish, baliqchilik xo‘jaligi, dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklari | 107 | |
| Avtotransport vositalarini yuvish | 16 050 | |
| Alkogolsiz ichimliklar hamda alkogol mahsulotlari (pivo va vinodan tashqari) ishlab chiqarish | 40 660 | |
Xalq deputatlari Kengashlari qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish solig‘i stavkasiga 1,2 gacha (ilgarigi 1,1 o‘rniga) oshiruvchi koeffitsiyentni qo‘llash huquqiga ega. Ushbu koeffitsiyent lazer bilan tekislash ishlari o‘tkazilmagan yerlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shuningdek, ayrim turdagi foydali qazilmalarni qazib olishda yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning minimal stavkalari ham oshirilmoqda. Batafsil ma‘lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
| Xomashyo turi | Soliq stavkasi | |
| 2026-yil 1-yanvarga qadar | 2026-yil 1-yanvardan boshlab | |
| 3,5% (kamida 6 160 so‘m) | 3,5% (kamida 6 591 so‘m) |
| Sement ishlab chiqarish uchun ohaktosh (1 tonna uchun) | 6600 | 7062 |
| Qirma toshlar, maishiy tosh, ohaktosh-rakushechnik, ohaktosh (sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallanmagan ohaktosh va ohakdan tashqari), dolomitlar, qurilish shag‘allari, bazalt, granodioritlar, traxitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanes jinslari, karbonat xomashyo, travertin (1 kub. m uchun) | 5% (kamida 6 160 so‘m) | 5% (kamida 6 591 so‘m) |
| Tabiiy qoplama toshidan bloklar (1 kub. m uchun) | 5% (kamida 10 000 so‘m) | 5% (kamida 10 700 so‘m) |
| Marmar (1 kub. m uchun) | 5% (kamida 20 000 so‘m) | 5% (kamida 21 400 so‘m) |
| Granitlar (1 kub. m uchun) | 5% (kamida 30 000 so‘m) | 5% (kamida 32 100 so‘m) |
| Gips toshi, gips va angidrit, ganch (1 kub. m uchun) | 5% (kamida 15 950 so‘m) | 5% (kamida 17 066 so‘m) |
| G‘isht va cherepitsa xomashyosi, lyoss, lyossimon jinslar (1 kub. m uchun) | 5% (kamida 4 620 so‘m) | 5% (kamida 4 943 so‘m) |
| Qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shag‘al aralashmasi (1 kub. m uchun) | kamida 5 000 so‘m | kamida 5 350 so‘m |
Avvalroq O‘zbekistonda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.
