Avvalroq hukumatning “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.
Hujjat bilan joriy yil yanvarida Milliy turizm yagona platformasida “Ziyorat turizmi” modulini yaratish belgilandi.
Fevral oyida esa platforma Traveloka, Agoda hamda Booking platformalari bilan integratsiya qilinadi.
Shuningdek, 2026−2027-yillar davomida platforma xizmatlari Malayziya turizm bozorida targ‘ib qilinadi.
Shu bilan birga, madaniy meros obyektlari va muzeylarga kirish chiptalarini raqamlashtirish va onlayn xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Madaniy meros agentligi 2026-yildan boshlab doimiy ravishda ushbu ishga masʼul bo‘ladi.
2024-yilning dekabrida Vazirlar Mahkamasi Yagona milliy turizm platformasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagandi. 2025-yil noyabrda prezident qarori bilan milliy turizm yagona platformasida nimalar bo‘lishi belgilangan edi.
Avvalroq 2026-yildan “O‘zbekiston merosi mehmonxonalari” dasturi boshlanishi aytilgandi.
