Silk Avia aviakompaniyasi 1-fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviachiptalar tariflarining yangilanishi 14 ta asosiy yo‘nalishga ta‘sir qiladi:
- Toshkent-Samarqand — 313 089 so‘mdan;
- Toshkent-Buxoro — 344 399 so‘mdan;
- Toshkent-Navoiy — 297 435 so‘mdan;
- Toshkent-Qarshi — 297 435 so‘mdan;
- Toshkent-Termiz — 360 053 so‘mdan;
- Toshkent-Namangan — 297 435 so‘mdan;
- Toshkent-Farg‘ona — 297 435 so‘mdan;
- Toshkent-Urganch — 469 635 so‘mdan;
- Toshkent-Qo‘qon — 297 435 so‘mdan;
- Toshkent-Andijon — 328 745 so‘mdan;
- Toshkent-Sariosiyo — 422 671 so‘mdan;
- Toshkent-Zomin — 125 236 so‘mdan;
- Toshkent-Shahrisabz — 297 435 so‘mdan;
- Nukus-Mo‘ynoq — 125 236 so‘mdan boshlanadi.
Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha aviachiptalar narxining o‘sishi o‘rtacha 7,37% ni tashkil etdi. Bu 2025-yildagi inflyatsiya ko‘rsatkichiga to‘g‘ri keladi.
Toshkentdan Buxoroga parvozlar eng ko‘p (+7,37%), Toshkentdan Zominga va Nukusdan Mo‘ynoqqa parvozlar eng kam (+6,99%) qimmatlashgan.
Mazkur narxlar bir tomon uchun amal qiladi. Sayohatlarni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish tavsiya etildi.
Silk Avia 2025-yil 16-maydan O‘zbekiston bo‘ylab aviachiptalar narxini pasaytirgandi. 2024-yilning dekabrida Uzbekistan Airways va Silk Avia ustun mavqega ega deb topilgandi.
Avvalroq 1-fevraldan Afrosiyob elektropoyezdlari chipta narxlari 15%ga oshirilishi haqida xabar berilgandi.