Bugungi kunda tashqi reklama (DOOH) bozorida reklama kampaniyalarni ishga tushirish tezligi asosiy raqobatbardosh ustunlikka aylangan. Brendlar uchun endi haftalab davom etadigan kelishuvlar-u qog‘ozbozlik emas, balki reklamani bir necha daqiqada efirga uzatish imkoniyati muhim.

O‘zbekistondagi LETOILE loyihasi aynan raqamli tashqi reklamaning yangi standartlari asosida amalga oshirilgan. Loyihaning muvaffaqiyatini uchta asosiy omil ta’minlagan, bular:

  • tezkor start: reklama roliklarini ekranlarda uzoq kutilmalarsiz darhol faollashtirish;
  • intellektual boshqaruv: qo‘l mehnatidan xalos bo‘lgan holda, kampaniyani masofadan va oson boshqarish;
  • to‘liq shaffoflik: har bir raqamli ekranda namoyishlar qachon, qayerda va qancha muddat davom etayotganini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati hisoblanadi.

Dastlabki ma’lumotlar

  • bozoг: O‘zbekiston;
  • kampaniya davri: 2025-yil oktyabr-dekabr;
  • format: moslashuvchan DOOH (Digital Out-of-Home) joylashtiruvi;
  • kategoriya: beauty / retail;
  • hamkor: DSP Oohdesk.

LETOILE — O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, BAA va Qatar bozorlarida faoliyat yurituvchi xalqaro kosmetika brendi. Kompaniya:

  • reklama kampaniyasi Oohdesk bilan hamkorlikda, GEOMOTIVE texnologik infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshirilgan;
  • ishga tushirish Oohdesk kabineti yordamida boshqariladi, unga GEOMOTIVE DSP tizimiga ulangan reklama sirtlari API orqali integratsiya qiligani;
  • kampaniya to‘liq avtomatlashtirilgan DOOH-joylashtiruvi sifatida qurilib, mantiqiy jihatdan digital-kampaniyalarga yaqinlashtirilgan;
  • joylashtirish doirasida brend bir nechta video-kreativlardan foydalangan va ular kampaniya davomida muntazam ravishda yangilanib turilgan.

LETOILE reklama kreativi.

Amaliyotdagi yondashuv

Amalda DOOHdagi tarqoq jarayonlar va murakkab koordinatsiya bunga to‘sqinlik qilishi mumkin edi. Biroq DSP platformasi orqali yondashuv xuddi digital-marketing kabi soddalashdi: barcha ekranlar yagona tizimda birlashib, sozlamalar tushunarli bo‘ldi va har bir bosqichda to‘liq nazorat ta’minlandi.

Natijada reklama kampaniyasi minimal vaqt ichida ishga tushirilib, shaffof mantiq va qulay boshqaruv evaziga kutilgan samarani berdi. Loyihani amalga oshirish davomida quyidagi asosiy vazifalar muvaffaqiyatli hal qilindi:

  • mahalliy bozorda DOOH-kampaniyasini tezkor ishga tushirish;
  • tashqi reklamadan boshqariladigan kanal sifatida foydalanish;
  • joylashtirishni markazlashgan va avtomatlashtirilgan holda boshqarishni ta’minlash;
  • “Beauty” kategoriyasida DOOH imkoniyatlarini boshqariladigan kanal sifatida sinab ko‘rish.

“Biz O‘zbekiston bozori jadal rivojlanayotganini ko‘rmoqdamiz, shuning uchun brendlarga eskirgan qo‘l mehnati va murakkab tartib-taomillarsiz o‘sish imkonini beruvchi shaffof vositalar zarur. Ushbu loyihani amalga oshirishda biz asosiy e’tiborni boshqaruv qulayligi va har bir bosqichda rejalashtirishdan tortib yakuniy nazoratgacha natijalarni aniq prognoz qilish imkoniyatiga qaratdik”, — dedi Tatiana Lomteva, LETOILE marketing direktori.

GEOMOTIVE x Oohdesk yechimi

Kampaniya o‘zaro bog‘langan texnologik infratuzilma yordamida amalga oshirildi:

  • Oohdesk kabineti orqali ishga tushirish;
  • GEOMOTIVE DSP ekranlar inventaridan foydalanish;
  • platformalar o‘rtasidagi API-integratsiya;
  • avtomatlashtirilgan xarid va joylashtiruvni boshqarish.

Ishga tushirish sxemasi: Brend — DSP Oohdesk — DSP GEOMOTIVE — DOOH-ekranlar.

Reklama kampaniyasi qo‘lda bajariladigan operatsiyalarsiz va klassik OOH-kelishuv jarayonlarisiz, sanoqli daqiqalar ichida efirga chiqdi.

“Biz brendlar uchun DOOH-ga kirishning tushunarli yo‘lini yaratmoqdamiz: tezkor start, shaffof boshqaruv va yagona ish standartlari. GEOMOTIVE bilan hamkorlikda biz ortiqcha qo‘l mehnatini kamaytiradigan va mijozga O‘zbekiston bozoridagi kampaniyani boshqarishning qulay usulini taqdim etadigan jarayonni yo‘lga qo‘ydik”, — dedi Sergey Strelkin, Oohdesk CEO.

Joylashtirish geografiyasi

Brend GEOMOTIVE DSP-ga ulangan ekranlarda reklama chiqishlarini teng taqsimlash orqali shahar muhitida barqaror mavjudlikni ta’minladi. Bunday yondashuv brendga O‘zbekistondagi DOOH-kampaniyasini mustaqil boshqarish imkonini berdi. Ishga tushirish, nazorat qilish va optimallashtirish yagona interfeys orqali markazlashgan holda amalga oshirilib, butun davr mobaynida barqaror va prognoz qilinadigan reklama faolligini ta’minladi.

geomotive, reklama

Reklama maydonlarini taqsimlovchi ekranlar xaritasi

geomotive, reklama

LETOILE DOOH kampaniyasini joylashtirish issiqlik xaritasi

Bunday yondashuv brendga O‘zbekistondagi DOOH kampaniyasini mustaqil boshqarish imkonini berdi. Ishga tushirish, nazorat va optimallashtirish yagona interfeys orqali markazlashgan holda amalga oshirildi, bu esa butun joylashtirish davomida barqaror va prognoz qilinadigan reklama faolligini ta’minladi.

Maxsus mahsulot toifalari uchun samarali media-xarid

O‘zbekiston tashqi reklama bozorida go‘zallik yo‘nalishidagi brendlar unchalik faol emas. Ayniqsa, chegirmali va aksiyali reklama kampaniyalari uchun raqamli ekranlardan juda kam foydalaniladi.

Avtomatlashtirilgan xarid va qulay boshqaruv tufayli brend tashqi reklamadan samarali vosita sifatida foydalana olgan. Endi yuqori mavsumdagi qizg‘in raqobatga kirishish yoki reklama joylarini uzoq muddatga band qilish shart bo‘lmay qoldi.

Keysning ahamiyati

LETOILE keysi shuni ko‘rsatadiki, GEOMOTIVE texnologiyalari va Oohdesk DSP hamkorligidagi kompleks yondashuv xalqaro brendlarga DOOH-kampaniyalarini tez, boshqariladigan va mahalliy agentlik ekotizimiga bog‘lanmagan holda ishga tushirish imkonini beradi.

Natijalar va afzalliklar:

  • markaziy Osiyo mahalliy bozorida DOOH-kampaniyasini tez va mustaqil ishga tushirish;
  • tashqi reklamadan digital-marketing tamoyillari asosida foydalanish;
  • joylashtirishni to‘liq avtomatlashtirilgan holda boshqarish;
  • reklama faolligining nazorat qilinadigan va barqaror dinamikasi.

Tashqi reklama sohasidagi yanada ko‘proq tahlillar, yangi trendlar va qiziqarli keyslar bilan Telegram-kanalda hamda geomotive.io saytida tanishish mumkin.

LETOILE — O‘zbekiston parfyumeriya va kosmetika bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri. Kompaniya Toshkent va Samarqandda yuzlab lyuks brendlar taqdim etilgan yangi avlod keng formatli do‘konlar tarmog‘ini rivojlantirmoqda. LETOILE shuningdek, letoile.uz internet-platformasi va mobil ilova orqali onlayn hamda oflaynni birlashtirgan yagona mijoz tajribasini taqdim etadi.

Oohdesk — zamonaviy mediafasadlar va ko‘cha ekranlarida tashqi reklamani ishga tushirish uchun raqamli platforma. Servis kerakli shahar va tumanlardagi ekranlarni tanlash, jadvalni sozlash, roliklarni yuklash va reklamani markazlashgan holda tezkor ishga tushirish imkonini beradi.

GEOMOTIVE — raqamli tashqi reklama (DOOH) uchun marketpleys bo‘lib, mijozlarga reklama kampaniyalarini rejalashtirish va amalga oshirish uchun shaffof va innovatsion vositalarni taqdim etadi. Kompaniya dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlaridagi LED ekranlarni yagona platformaga birlashtiribi, brendlarga tashqi reklamani xuddi raqamli kanallardagidek samarali boshqarish imkonini beradi.

Reklama huquqlari asosida.