6-may kuni Profi Training ta’lim platformasi xodimlar samaradorligini boshqarish va motivatsiya tizimini qurishga bag‘ishlangan onlayn ma’ruza tashkil qiladi.
Ma’ruzachi — “Rebrain” bosh direktori, OIBIM (VSHB) va Skolkovo o‘qituvchisi, jamoalarni boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega Yelena Frolkina. U avval “Yandex”, “Uchi.ru”, “Foxford” va “Ingate” kabi kompaniyalarda faoliyat yuritgan.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar KPI va OKR tizimlarini qanday yo‘lga qo‘yish, kompaniya strategiyasini jamoa natijalari bilan bog‘lash, shuningdek, qo‘shimcha xarajatlarsiz xodimlarning ishga qiziqishini oshirishga yordam beradigan usullarni ko‘rib chiqadilar.
Dasturdan o‘rin olgan mavzular:
- KPI tizimini qurish va “o‘lchash qiyin bo‘lgan” rollar bilan ishlash
- OKRni joriy etish va strategiyani jamoaning kundalik ishi bilan bog‘lash
- xodimlarni byudjetsiz rag‘batlantirishning amaliy yondashuvlari
- keyslarni tahlil qilish, shu jumladan ishlab chiqarish kompaniyalari tajribasi
Ishtirok etish bepul, havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. O‘rinlar soni cheklangan.