Tesla o‘zining Model S va Model X elektromobillarini ishlab chiqarishni rasman to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum bo‘ldi.
Bo‘sh qolgan konveyer liniyalari endi Optimus robotlarini yig‘ish uchun ishlatiladi. Kompaniya butun ishlab chiqarish davomida ushbu premium mashinalarning 750 mingga yaqinini sotdi.
Oxirgi Model S va so‘nggi Model X Fremont zavodida ishlab chiqarilgan. Model S uchun 14 yillik tarix, Model X uchun esa 11 yillik tarix," — deyiladi kompaniyaning X’dagi xabarida.
Model S 2012-yilda, Model X esa 2015-yilda ishlab chiqarila boshlangan. Ular hashamatli elektromobillarning zamonaviy bozorini shakllantirdilar va yurish zaxirasining yangi standartlarini belgiladilar.
Ushbu flagman avtomobillar yanada arzonroq mashinalarni yaratish uchun asos bo‘ldi. Keyinchalik ommaviy Model 3 brendni kichik segmentdan keng bozorga olib chiqdi.
Kompaniya uchun navbatdagi muhim qadam sotuvlarning asosiy o‘sishini ta’minlagan Model Y krossoverining chiqarilishi bo‘ldi. Biroq, o‘tgan yili dunyodagi eng ko‘p sotilgan avtomobil maqomi Toyota RAV4 ga o‘tdi.
Model S — Tesla’ning 2012-yildan beri ishlab chiqarilayotgan ikkinchi modeli, Model X esa 2015-yildan beri chiqarilmoqda. Biroq, yillar o‘tishi bilan ularning ommabopligi pasayib, hozirda kompaniya sotuvining asosiy qismini yangiroq Model 3 va Model Y modellari tashkil etmoqda.
Masalan, 2025-yil davomida Tesla 1 585 279 ta Model 3 va Model Y avtomobillarini yetkazib bergan bo‘lsa, Model S va Model X avtomobillaridan atigi 418 227 tasini sotgan.
Bundan tashqari, kompaniya 2025-yil o‘rtalarida Xitoyda Model S va Model X sotuvini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bunga sabab, ushbu modellar AQSHdan import qilingan va prezident Donald Trampning import tovarlariga qo‘ygan bojlariga javoban kiritilgan Xitoy bojlari ta’siriga tushgan edi.
Avvalroq Spot Tesla Cybercab elektromobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshlagani haqida yozgandi.
Avtomobilda rul, pedallar, yon va orqa oyna yo‘q, u robotaksi sifatida ishlashga mo‘ljallangan.