Tesla kompaniyasi Cybercab elektromobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi. Ilon Mask ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Kompaniya birinchi seriyali Cybercab’ni 2026-yil fevralida chiqargan.

Avtomobilda rul, pedallar, yon va orqa oyna yo‘q, u robotaksi sifatida ishlashga mo‘ljallangan. Mask Cybercab narxi $30 mingdan kam bo‘lishini aytgan.

Shu bilan birga, Tesla Cybercab’dan AQSHda foydalanish uchun hali regulator ruxsatini olmagan, deb yozadi Forbes.

Ta’kidlanishicha, agar bu jarayon cho‘zilsa, kompaniya AQSHning aksariyat shtatlarida ishlatish mumkin bo‘lmagan avtomobillarni ishlab chiqarish liniyasiga ega bo‘lib qoladi.

2026-yil fevralida Electrek nashri Tesla’ning yangi modelini “avtosanoat tarixidagi eng o‘ylantirmagan mahsulot yechimlaridan biri” deb atadi.

Kompaniyaning buning uchun zarur dasturiy ta’minoti hali tayyor bo‘lmasa-da, Cybercab to‘liq avtonom boshqaruvga mo‘ljallanganini qayd etgan.

2025-yil dekabrida Tesla Texas shtatining Ostin shahrida haydovchisiz robotaksini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

13-dekabrda ijtimoiy tarmoqlarda Tesla Model Y rusumli haydovchisiz yurayotgan bo‘sh yo‘ltanlamas avtomobil videosi paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda TechCrunch.

Ostinda robotaksini sinovdan o‘tkazish Tesla tomonidan 2025-yil iyun oyida boshlangan. Hozircha safarlar safar xavfsizligini nazorat qiluvchi kompaniya xodimi ishtirokida amalga oshirilmoqda. Shahardagi park taxminan 25−30 ta avtomobildan iborat.

2026-yil yanvarida Tesla AQSHning Texas shtati, Ostin shahrida to‘liq avtonom boshqariladigan Robotaksi xizmatini ishga tushirdi.

Avtomobillar xavfsizlikni nazorat qiluvchi operatorsiz harakatlana boshladi. Ilon Mask Tesla AI jamoasiga minnatdorlik bildirgan holda, inson shaklidagi robotlar uchun to‘liq avtonomlikni ta’minlash mashinalarga qaraganda 100 baravar murakkab bo‘lishini ta’kidladi.


Avvalroq Spot Tesla elektromobillar sotuvi bo‘yicha dunyoda yana birinchi o‘ringa chiqqani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, BYD savdosi xitoylik xaridorlar uchun imtiyozlar qisqartirilishi ortidan 25% ga kamaydi.