InfinBANK Qoraqalpog‘istonda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yirik ijtimoiy tashabbusni amalga oshirmoqda.

Shu maqsadda InfinBANK AJ Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan uch tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi.

infinbank, reklama

Tashabbus doirasida bank ko‘magida 18 ta tumanda og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 101 ta yosh oila uchun yangi 3 honali hovli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha InfinBANK`ning aholini qo‘llab-quvvatlash, hududlar rivojiga hissa qo‘shish va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlarining muhim qismidir.

Yangi uylar zamonaviy infratuzilma, zarur maishiy qulayliklar va quyosh panellari bilan ta’minlanadi. Bank mazkur loyiha orqali nafaqat uy-joy masalasini hal etishga, balki energiya samaradorligi, ekologik yechimlar va oilalar uchun qulay yashash muhitini shakllantirishga ham hissa qo‘shadi.

infinbank, reklama

InfinBANK, Jo‘qorg‘i Kenges va Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ushbu hamkorlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Uylarni 30-iyun — Yoshlar kunida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Reklama huquqlari asosida.