Navbatdagi “Biznes muloqot” uchrashuvi Farg‘ona viloyatidagi Ekspomarkaz majmuasida o‘tkazildi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashrif buyurgan 150 nafardan ziyod yirik korporativ mijozlar hamda Agrobank boshqaruvi ishtirok etdi.
Tadbir davomida biznesni samarali yuritish, ichki jarayonlarni takomillashtirish, savdo samaradorligini oshirish va zamonaviy marketing yechimlarini amaliyotga joriy etish yuzasidan tajribali trenerlar tomonidan ma’ruzalar va amaliy sessiyalar tashkil qilindi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida ochiq muloqot maydoni tashkil etilib, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi, mavjud muammolar hamda istiqbolli takliflarini bildirdi. Kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli vazifalar va amaliy choralar belgilandi.
Mazkur tashabbuslar hududlarda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini oshirish hamda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda Agrobank tadbirkorlar uchun nafaqat moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi bank, balki biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor sifatida faoliyat olib bormoqda.
Reklama huquqlari asosida.



