Hukumat qarori bilan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Yagona portal yoki Yagona integratsiyalashgan ekotizim axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.

Arizaga ekspert tashkiloti nizomi, akreditatsiya mezonlariga muvofiqlik deklaratsiyasi hamda sifatni boshqarish tizimining muvofiqlik sertifikati ilova qilinadi.

Shuningdek, talabgorning akreditatsiya sohasi va ushbu yo‘nalishda ishlash uchun sanoat xavfsizligi ekspertlari bilan ta‘minlangani haqidagi ma‘lumotlar ham taqdim etilishi lozim.

Bundan tashqari, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham arizaga ilova qilinadi.

Vakolatli organ ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kunida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi.

Talabgorning faoliyati vakolatli organ buyrug‘i bilan tashkil etiladigan baholash komissiyasi tomonidan joyiga borib baholanadi.

Dalolatnoma ijobiy bo‘lganda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kunida akkreditatsiya attestatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Akkreditatsiya attestati 5 yil muddatga beriladi.

Spot, avvalroq, xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beruvchi ma‘lumotnomani onlayn olish mumkin bo‘lgani haqida yozgandi.