2026-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari 439,7 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda, bu budjet to‘g‘risidagi qonun bilan tasdiqlangan ko‘rsatkichdan 19% ga ko‘pdir. Bunday taxminlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan 2027−2029-yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyada keltirilgan.

Vazirlik prognozning qayta ko‘rib chiqilishini soliq ma‘muriyatchiligi takomillashgani, shuningdek, qimmatbaho metallarning jahon narxlari kutilganidan yuqoriroq bo‘lgani bilan izohlamoqda.

2025-yilning kutilayotgan ijrosiga (359,8 trln so‘m) nisbatan budjet daromadlari qariyb 80 trln so‘mga yoki 22,2% ga ortadi.

Eng yuqori o‘sish sur‘atlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan tushumlarda kuzatilib, ular 149,6 trln so‘mni (+2025-yilga nisbatan 27%) tashkil etadi. Bilvosita soliqlar 131,6 trln so‘mgacha (+20,1%), resurs va mulk soliqlari 54,5 trln so‘mgacha (+21,4%), boshqa daromadlar esa 104 trln so‘mgacha (+19,1%) o‘sishi kutilmoqda.

budjet daromadlari, iqtisodiyot va moliya vazirligi, oltin narxi, soliqlar

2026-yilda budjet daromadlarining asosiy qismini quyidagilar ta‘minlaydi:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar — 149,6 trln so‘m (2025-yilda kutilayotgan 117,8 trln so‘mga nisbatan +27%), shu jumladan:

  • foyda solig‘i — 96,5 trln so‘m (+33,5%);
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 49,8 trln so‘m (+17,5%);
  • aylanma solig‘i — 3,2 trln so‘m (+3,2%);

bilvosita soliqlar — 131,6 trln so‘m (2025-yilga nisbatan +20%), jumladan:

  • QQS — 93 trln so‘m (+22,4%);
  • aksiz solig‘i — 24,5 trln so‘m (+11,9%);
  • bojxona bojlari — 14,1 trln so‘m (+20,5%);

resurs va mulk soliqlari — 54,5 trln so‘m (+21,4%), shu jumladan:

  • yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq — 31,5 trln so‘m (+22,1%);
  • yer solig‘i — 12,5 trln so‘m (+25%);
  • mulk solig‘i — 9,2 trln so‘m (+15%);
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 1,2 trln so‘m (o‘zgarishsiz);
  • boshqa daromadlar — 104 trln so‘m (2025-yilga nisbatan +19,5%).

2027-yilda davlat budjeti daromadlari 422,3 trln so‘m yoki YIMga nisbatan 17,1% miqdorida prognoz qilinmoqda.

Bunda tushumlarning eng yirik manbalari bilvosita soliqlar (146,8 trln so‘m, jami daromadlarning 34,8%) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar (141,9 trln so‘m, 33,6%) bo‘lib qoladi. Resurs va mulkiy to‘lovlar 52,9 trln so‘mni (12,5%), boshqa va soliq bo‘lmagan daromadlar 80,7 trln so‘mni (19,1%) tashkil etadi.

budjet daromadlari, iqtisodiyot va moliya vazirligi, oltin narxi, soliqlar

Strategiyaga muvofiq, keyingi yillarda budjetning daromadlar bazasi kengayishda davom etadi: 2028-yilda tushumlar 483,1 trln so‘m, 2029-yilda esa 554,1 trln so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Prognoz kutilayotgan iqtisodiy o‘sish va soliq-bojxona siyosatida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar inobatga olingan holda shakllantirilgan.

Spot, avvalroq, Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalar uchun mol-mulk va yer soliqlari 10 baravar oshirilishi mumkinligi haqida yozgandi.