InfinBANK yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan Infin Yuksalish yangi kredit mahsulotini joriy etmoqda. Yangi kredit tadbirkorlarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish va biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ni yillik 18,99% li stavkada 7 yilgacha muddatga olish imkoniyatini taqdim etadi.

Infin Yuksalish’ning asosiy afzalliklaridan biri — boshqa banklardan olingan amaldagi kreditlarni qayta moliyalashtirib, ularni yanada foydali shartlar asosida InfinBANK`ka o‘tkazish imkoniyati. Bu kredit yukini kamaytirishga va moliyalashtirishning yanada qulay shartlariga ega bo‘lishga yordam beradi. Mazkur mablag‘larni tovarlar, xomashyo va materiallar sotib olish, tovar zaxiralarini oshirish, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish hamda biznesning boshqa joriy ehtiyojlari uchun ham sarflash mumkin.

“Biznes uchun bugungi kunda hamyonbop va uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatining mavjudligi qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunamiz. Aynan shu sababli biz raqobatbardosh foiz stavkasi, uzoq kreditlash muddati hamda joriy majburiyatlarni qayta moliyalashtirish imkonini o‘zida jamlagan Infin Yuksalish mahsulotini yaratdik. Ishonamizki, yangi mahsulot tadbirkorlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi”, — deya ta’kidladi InfinBANK AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Alesya Frolova.

Yangi Infin Yuksalish kreditini 1-avgustdan boshlab InfinBANK’ning barcha korporativ bo‘linmalarida rasmiylashtirish mumkin. Batafsil ma’lumotni InfinBank saytidan yoki (+998) 71−202−50−80 telefon raqami orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.