19-avgust kuni Qoraqalpog‘istonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 101 yosh oilaga yangi xonadonlar kaliti topshirildi.
Loyiha doirasida bank tomonidan hududning 18 ta manzilida uch xonali zamonaviy yakka tartibdagi uylar qurildi. Zarur maishiy sharoitlarga ega xonadonlar quyosh panellari bilan ham jihozlangan.

Tashabbus InfinBANK, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasidagi uch tomonlama memorandum asosida amalga oshirildi.
“101 yosh oilaning o‘z uyiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish InfinBANK uchun muhim ijtimoiy natijadir. Bank odamlar hayotini amalda yaxshilaydigan va hududlar rivojiga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi”, — dedi InfinBANK ta’sischisi Farhod Mamatdjanov.

InfinBANK jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bunday ijtimoiy loyihalarda ishtirok etayotganidan faxrlanadi. Bank kelgusida ham aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni izchil amalga oshirishni maqsad qilgan.
Reklama huquqlari asosida.