E’tibor qarating: Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va tanishtiruv maqsadida taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Spot milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlar shartlarini o‘rganib chiqdi. Bugungi kunda mavjud 34 ta bankdan 28 tasida so‘mda omonat ochish mumkin.
Omonatlarning foiz stavkalari yillik 14−23% oralig‘ida. Eng yuqori stavkani Tayanchbank mikromoliya banki taklif qilmoqda — 23%, omonat bo‘yicha foizlar har kuni to‘lab boriladi. Bunda omonatning maksimal miqdori 200 mln so‘m bilan cheklangan — bu kompaniya bankrot bo‘lgan taqdirda davlat tomonidan omonatchilarga kafolatlangan holda qaytariladigan summa. Omonat muddatidan oldin yopilsa, foizlar yillik 16% stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi.
AVO Bankda asosiy foiz stavkasi yillik 20,05%ni tashkil qiladi. Biroq bankda kapitalizatsiya mavjud, ya’ni hisoblangan foizlar omonat summasiga qo‘shib boriladi. Shu sababli yakuniy daromadlilik 22%gacha yetadi.
Avvallari omonatlar bo‘yicha foizlar odatda oyda bir marta to‘langan bo‘lsa, hozir banklar ko‘proq variantlarni taklif qilmoqda — har kuni, muddat boshida yoki muddat oxirida. Tanlangan to‘lov usuliga qarab foiz stavkasi ham o‘zgaradi. Masalan, Ipotekabankda foizlar muddat oxirida to‘lansa, stavka 16,5−18%, har oy to‘lansa esa 16−17%ni tashkil qiladi.
Aksariyat banklar 19−20% va undan yuqori daromadlilikka ega, shuningdek, hisobni to‘ldirish yoki undan mablag‘ning bir qismini yechib olish imkonini beruvchi yanada moslashuvchan omonatlarni taklif qilmoqda. Biroq ayrim banklarda qo‘shimcha mablag‘ kiritishga faqat dastlabki oylar davomida ruxsat beriladi yoki to‘ldirish uchun minimal summa belgilanadi.
Omonat muddatidan oldin yopilganda, hisobda pul qancha vaqt turganiga qarab foiz stavkasi pasaytirilishi mumkin. Ayrim banklarda esa belgilangan yagona stavka qo‘llanadi. Ko‘pchilik banklar omonat muddatidan oldin yopilganda foizlarni ancha past — yillik 14−16% stavka bo‘yicha qayta hisoblaydi. Agar avval omonatchiga muddatidan oldin yopilganda berilishi kerak bo‘lganidan ko‘proq foiz to‘langan bo‘lsa, farq omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
Omonat ochish uchun minimal summa 1 ming so‘mdan boshlanadi, biroq aksariyat banklarda boshlang‘ich summa taxminan 1 mln so‘mni tashkil qiladi. Eng yuqori boshlang‘ich talab Tenge Bankda — 10 mln so‘m.
Omonat shartlari hatto foiz stavkasi bir xil bo‘lgan taqdirda ham sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Masalan, TBC Bank omonat shartlarini mustaqil tanlash imkonini beradi: foiz stavkasi omonat muddati, kapitalizatsiya, hisobni to‘ldirish va mablag‘ning bir qismini yechib olish imkoniyatiga bog‘liq. Qo‘shimcha imkoniyatlar qancha ko‘p bo‘lsa, foiz stavkasi shuncha past bo‘lishi mumkin.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan.
Bank | Foiz stavkasi | Minimal summa (so‘mda) | Muddati (oy) | To‘ldirish | Yechib olish | muddatidan oldin yopish |
23% | 100 ming | 24 | + | + | 16% | |
20,5% | 1 ming | 12 | + | + | 20,5% | |
20% | 1 mln | 13 | + | - | 14% | |
20% | 500 ming | 25 | + | + | 20% | |
20% | 100 ming | 24 oygacha | + | + | 13% | |
20% | 1 mln | 24 | + | + | 16% | |
20% | 1 mln | 24 | - | - | 6 oygacha — 0%, 6−12 oygacha — 10%, 13−18 oygacha — 15%, 24 oygacha — 20%. | |
20% | 10 ming | 555 kun | + | - | 20% | |
19% | 1 mln | 24 | - | - | - | |
19,5% | 500 ming | 25 | - | + | - | |
19% | 10 mln | 12 | - | - | 16% | |
18% | 1 mln | 12 | + | - | - | |
18% | 100 ming | 25 | + | - | 14% | |
18% | 100 ming | 18 | + | + | 15% | |
1 mln* | + | + | ||||
18% | 500 ming | 18 | + | - | 1 oygacha — 0%, 2−18 oy — 13%. | |
13−18% | 100 ming | 1−18 | + | - | 2 oygacha — 0%, 2 oydan boshlab — 7%, 3−6 oygacha — 9%, 6−9 oygacha — 10%, 9−13 oygacha — 12%, 13−18 oygacha — 11% | |
18% | 500 ming | 18 | + | - | 16,2% | |
16,5−18%* | 500 ming | 3, 6, 12 | + | - | 0% | |
18% | 100 ming | 18 | + | + | 0% | |
17−18%* | 1 mln | 13 | - | - | 3 oygacha — 0%, 3−6 oygacha — 12−13%*, 6−12 oygacha — 15−16%* | |
| Hamkorbank | 17% | 100 ming | 12 | 4−6 oygacha — 9%, 7−9 oygacha — 10%, 10−12 oygacha — 13%. | ||
16% | 1 mln | 18 | + | + | 6 oygacha — 0%, 6−18 oygacha — 14%. | |
16% | 100 ming | 13 | - | - | 0% | |
16% | 100 ming | 18 | + | - | 3 oygacha 7%, 3−6 oygacha 11%, 6−12 oygacha 12%, 12−18 oygacha 13%. | |
16% | 100 ming | 24 | + | + | 1−6 oy — 12%, 7−12 oy — 13%, 13−18 oy — 14%, 19−23 oy — 15%. | |
| O‘zsanoatqurilishbank | 16% | 1 mln | 15 | - | - | 1 oygacha — 0%, 2 oydan 14 oygacha — 12% |
15% | 500 ming | 24 | - | - | 3 oygacha — 0%, 3−6 oy — 8%, 6−12 oy — 10%, 12−18 oy — 12%. 18−24 oy — 13%. | |
1 mln* | ||||||
14% | 100 ming | 13 | - | - | 1 oygacha — 0%, 1−13 oygacha — 14%. |
* — omonatlar stavkasi ochilish variantiga qarab farq qilishi mumkin: onlayn yoki oflayn.