OSON fintex-xoldingi va WeChat servisi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Tomonlarning hamkorlik memorandumi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Silk Road Finance & Technology Forum 2026 forumi doirasida imzolandi. Kelishuvning asosiy maqsadi — Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari hamda hisob-kitob jarayonlarini yanada sodda va tezkor qilishdan iborat.

oson, reklama, wechat

WeChat — Tencent tomonidan ishlab chiqilgan Xitoyning Weixin platformasining xalqaro versiyasidir. Weixin va WeChat tarmog‘ining umumiy oylik auditoriyasi 1,4 mlrd foydalanuvchidan oshadi.

OSON uchun bu xalqaro miqyosda kengayishning yangi bosqichi hisoblanadi. Ushbu hamkorlik jismoniy shaxslar va biznes vakillari uchun to‘lovlarni amalga oshirishni yengillashtirishi, shuningdek, mintaqalar o‘rtasida tobora o‘sib borayotgan savdo va sayyohlik oqimlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

“Xitoy — Markaziy Osiyo va OSON’ning xalqaro strategiyasi uchun asosiy yo‘nalishlardan biridir. Biz bozorlarimiz o‘rtasidagi to‘lov aloqalarini rivojlantirishda ulkan salohiyatni ko‘ryapmiz. WeChat bilan hamkorlik chegara osha to‘lovlarga nisbatan ortib borayotgan talabga mos yechimlarni yaratishga, shuningdek, mintaqalar o‘rtasida foydalanuvchilar hamda biznesning o‘zaro aloqalarini soddalashtirishga imkon beradi”, — deb ta’kidladi OSON asoschisi va bosh direktori Farhod Mahmudov.

oson, reklama, wechat

Avvalroq OSON Tencent’ning xalqaro to‘lov bo‘linmasi bo‘lgan TenPay Global bilan pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edi. Ushbu servisni 2026-yilning noyabr oyi oxiriga qadar bozorga chiqarish rejalashtirilgan.

Hozirda har ikki kompaniya jamoalari aniq to‘lov vositalari va servislarini ishlab chiqishga kirishmoqda.

Reklama huquqlari asosida.