Yetarli aylanma mablag‘, mamnun hamkorlar, to‘la ombor va eski kredit bosimisiz biznes. Tadbirkorlar orzu qiladigan bunday muhitni InfinBANK’ning yangi Infin Yuksalish mahsuloti bilan yaratish mumkin.

Amalda bu nimani anglatadi?

Bu aylanma mablag‘larni to‘ldirish, xomashyo va tovarlar xarid qilish, ta’minotchilar bilan hisob-kitob qilish hamda biznesning har qanday joriy ehtiyojlari uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishini anglatadi.

Foiz stavkasi yillik 18,99%, muddati 7 yilgacha. Bu kompaniyaning haqiqiy rivojlanishiga mo‘ljallangan uzoq muddatli moliyaviy vositadir.

Asosiy jihati — qayta moliyalashtirish imkoniyati

Agar boshqa banklardagi kreditlaringiz yuqori foiz stavkalari va noqulay shartlari bilan foydangizni kamaytirayotgan bo‘lsa, Infin Yuksalish yordamida ularni InfinBANK`ka o‘tkazib, ancha yengil nafas olishingiz mumkin. Yuklama kamroq, qulaylik ko‘proq, faoliyat yuritish uchun imkoniyatlar esa ancha kengroq.

Qanday rasmiylashtirish mumkin?

Mahsulot InfinBANK’kning barcha korporativ filiallarida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mavjud. Tafsilotlar bilan saytda va (+998) 71−202−50−80 raqami orqali tanishib chiqish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.