Telegram jamoasi messenjerning yangi yangilanishini e’lon qildi. Android va iOS uchun ilovalar 12.10 versiyasida foydalanuvchilarga taqdim etildi.
Salomlashuv xabarlari
Guruhlar va kanallar endi yangi aʼzolarga boshqalar uchun chatni to‘ldirib yubormasdan qo‘shimcha axborotlar berish uchun salomlashuv xabarlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchi qo‘shilganida xabarni faqat o‘zi ko‘ra oladi.
Salomlashuv to‘plamiga bir nechta xabar va media qo‘shish mumkin. Boy formatlash ham bu yerda ishlaydi — jumladan, jadvallar, ichki media va yangi aʼzolarni cho‘chitishning boshqa sirli usullari.
Salomlashuv xabarini qo‘shish uchun guruh yoki kanal profilini ochib, Tahrirlash → Salomlashuv xabari bo‘limiga kirish va kerakli xabarlarni yuborish kifoya. Buning uchun botdan foydalanish shart emas.
Xabarlar ichidagi tugmalar
Telegram bot dasturchilariga bitta xabar ichiga bir nechta tugma joylashtirish imkonini berdi.
Yangi funksiya yordamida so‘rovnomalar, o‘yinlar, munajjimlar bashorati, mahsulotlarni ko‘rish va buyurtma qilish kabi turli xizmatlar uchun bevosita xabar ichida interaktiv jarayonlar yaratish mumkin. Bu imkoniyat vaqtinchalik xabarlar bilan birgalikda ishlaydi.
Telegram’da tugmalar joylashtirilgan xabarlarni istalgan joyda, jumladan guruh va kanallarda e’lon qilish mumkin. Ulardan bir vaqtning o‘zida ko‘plab foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Masalan, foydalanuvchilar turli o‘yinlarda bir-biridan mustaqil ravishda shaxmat o‘ynashi mumkin.
Bunday xabarlardan yangi a’zolar uchun salomlashuv xabarlari sifatida ham foydalanish mumkin. Ular orqali foydalanuvchilarga turli ma’lumotlarni yetkazish yoki guruhning foydalanish shartlari bilan tanishtirish imkonini beriladi.
Telegram dasturchilarga xabarlar ichiga avtomatlashtirilgan oqimlarni qo‘shish imkonini berdi. Buning uchun botlar orqali kod yozish talab etiladi.
Xabarlardagi ichki hujjatlar
Shuningdek, boy matn muharriri endi ko‘proq turdagi ichki mediani qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchilar matnning istalgan qismiga hujjat, fayl va musiqa joylashtirishlari mumkin.
Yangi imkoniyatlar xabarlarni yanada interaktiv va mazmunan boy shaklda yaratishga yordam beradi.
Matn muharririni ochish uchun kiritish maydoniga 3 qatordan ko‘proq matn kiritgandan keyin paydo bo‘ladigan belgisini bosish kerak.


Qo‘llab-quvvatlanmaydigan fayllar uchun yangi format
Afsuski, hatto rivojlangan jamiyatlarda ham ilovalarning avtomatik yangilanishi faolsizlantirilgan odamlar uchraydi. Aynan ular uchun dizaynerlarimiz chiroyli o‘rinbosar yaratdi: agar ilova eskirgan bo‘lsa va xabarni ko‘rsata olmasa, u xabar o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘rinbosarga oxirgi yangilanishni bir zumda yuklab olish uchun tugma ilova qilingan.
Ilovaning eskirgan versiyasi haqidagi yangi o‘rinbosardan zavqlanish uchun oxirgi versiyaga yangilang va biz yangi biror narsa qo‘shishimizni kuting.
Android’da avtomatik yangilanishni yoqish uchun Play Marketni oching va Sozlamalar > Tarmoqqa ulanish sozlamalari > Ilovalarni avtomatik yangilash rukniga kiriladi. iOS’da Sozlamalar > Ilovalar > App Store rukniga kiring va “Ilova yangilanishlari” bandini yoqish kerak.
Marketpleysdan imzolangan hadyalar
Telegram Yulduzlar yordamida xavfsiz va qulay hadyalar marketpleysida boshqa foydalanuvchilardan minglab noyob hadyalarni sotib olish mumkin. Endi u yerdan sotib olgan hadyalarga foydalanuvchi o‘z imzo va fikrini ham qo‘sha oladi.
Telegram Marketpleysdan hadya yuborish uchun istalgan foydalanuvchi profilini ochish va ⋮ / ⋯ > “Hadya yuborish” bandini bosish, keyin noyob yuksaltirilgan hadyalarni sotib olish uchun “Kolleksion hadyalar” filtrini tanlash kerak.

