G‘ofurjon Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari — Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Tayinlov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan amalga oshirildi.

Mirzayev shu munosabat bilan prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq uning nomzodi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma‘qullangan.

Shu vaqtga qadar Mahallalar uyushmasi raisi lavozimida Qahramon Quronboyev ishlab kelayotgan edi.

Spot, avvalroq, Hisob palatasi va Prezident Administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirilgani haqida yozgandi.